Amerika aerokosmik agentligi (NASA) “Artemida” dasturi bo‘yicha insonlar ishtirokida Oyda uzoq muddatli missiyani amalga oshirishga mo‘ljallangan konsepsiyaning detallarini e’lon qildi, deb yozadi TechCrunch.
NASA hujjatida astronavtning Oyda uzoq muddat qolishini ta’minlash imkonini beradigan infratuzilma elementlari haqida yozilgan.
Xususan, gap elektr ta’minoti tizimi, mobil yashash moduli, asosan, Oy yuzasida joylashgan yashash moduli, shuningdek, Oyda yurishga mo‘ljallangan “vezdexod” haqida ketmoqda.
Yashash uchun yaroqli bo‘lgan platforma Oy bo‘ylab 45 kungacha safar qilish imkonini beradi. Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasidagi doimiy modul bir vaqtning o‘zida to‘rt kishini o‘ziga sig‘dira oladi.
Oy atrofidagi Gateway stansiyasi Oy yuzasini o‘rganishda bevosita ishtirok etmaydiganlar uchun asosiy baza sifatida qaralmoqda.
“Vezdexod” esa ochiq kabinaga ega robotlashtirilgan holda boshqariluvchi rover — skafandr kiygan holda uning yordamida yaqin masofaga harakatlanish mumkin.
Mavzuga doir:
Izoh (0)