NASA 20-martdan boshlab koronavirus sabab Oy va Marsga uchishi kerak bo‘lgan Space Launch System (SLS) va Orion kosmik kemalarini yig‘ishni to‘xtatdi. Bu haqda Amerika kosmik agentligining bosh direktori Jim Braydenstayn ma’lum qildi.
Kasallikning AQShda tarqalgani bois NASA ichki chora ko‘rish tizimining to‘rtinchi bosqichiga o‘tdi. U agentlikning barcha obyektlarini yopish, to‘liq masofadan turib ishlash va xodimlarining barcha safarlarini bekor qilishni o‘z ichiga oladi.
“Cheklovlar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ishlab chiqarishda ko‘paya boshlagani, shuningdek, xodimlardan biri virus bilan kasallangani sabab joriy etildi”, — deydi Braydenstayn.
Ushbu cheklov choralari sabab SLS va Orion kosmik kemalarini ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish to‘xtatiladi.
NASA Boeing kompaniyasi bilan hamkorlikda SLS ustida 2010-yildan beri ishlab keladi. Ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan ushbu raketalar boshqa sayyorlarga parvozlarni amalga oshirish, shuningdek, Orion kosmik kemasini Oyga uchirishda foydalaniladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)