AQShning NASA koinot agentligiga tegishli Lunar Reconnaissance Orbiter (LRO) orbital stansiyasi Hindistonning “Vikram” qurilmasi Oyda qulagan hududni suratga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: NASA

Fotoda yashil nuqtalar bilan koinot kemasining taxmin qilingan va tasdiqlangan bo‘laklari, ko‘k nuqtalar bilan esa bo‘laklar Oy yuzasiga zarar yetkazgan joylar belgilangan.

“Vikram” qurilmasi 2019-yil 7-sentabrda Oyning Janubiy qutbida qo‘nishi ko‘zda tutilgandi, biroq yakuniy bosqichda u bilan aloqa yo‘qotildi.

NASA vakillari qurilma yo‘qotilganiga qaramay, Oy yuzasiga yaqinlashgani Hindiston uchun “ajoyib natija” bo‘lganini qayd etdi.