“Bavariya” klubi va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.
Braziliyalik futbolchi Rio-de-Janeyroga 20 tonna gumanitar yordam yuborgan. Oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari joylangan paketlar Riodagi yordamga muhtojlarga tarqatiladi.
“Boshqalarga yordam bera oladigan darajada ekanim uchun yaratganga rahmatlar aytaman. Muhtojlarga yordam berish — to‘kin hayot negizi hisoblanadi va bunga barcha o‘z hissasini qo‘shishi kerak”, — deydi Koutinyo.
Braziliyada 1-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 6 ming nafarga yaqinlashib qoldi. 206 kishi virus tufayli vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)