Fransiyaning L’Equipe nashri 31-mart kungi muqovasini “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga bag‘ishladi.
Unda Messi argentinalik sotsialist-inqilobchi Che Gevara obrazida tasvirlangan. Sarlavhaga “Lionel Messi. Barselonalik Che” deb yozilgan.
Messi 30-mart kuni “Barselona” futbolchilari koronavirus sabab maoshining 70 foizidan voz kechgani haqida ma’lum qilgandi.
Ernesto Che Gevara — lotinamerikalik inqilobchi, Kubada 1959-yilgi inqibol yetakchisi va Kuba davlat arbobi. U 1928-yil Argentinaning Rosario shahrida tug‘ilgan. Bundan tashqari Che Gevara Kongo demokratik Respublikasi va boshqa bir qator mamlakatlarda harakat olib borgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)