“Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Robin van Persi “qizil iblislar” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning ish uslubi haqida fikr bildirdi.
“Fergyuson tartib intizomni saqlash uchun qanday choralar qo‘llashni yaxshi bilardi. “Manchester Yunayted”dagi debyut mavsumimda aprel oyida eng yaqin ta’qibchidan 15 ochko oldinlab ketgandik va o‘z uyimizda “Manchester Siti”ni qabul qildik. Agar ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsak farq 18 taga yetardi, biroq biz mag‘lub bo‘ldik. Baribir juda oldinlab ketgandik va boshqa istalgan murabbiy bu vaziyatdan fojia yasamasdi. Ammo o‘shanda Fergyuson jahl otiga mingandi.
O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng ikki o‘yinchi dam olishga qaror qiladi. Ertasi kuni Fergyuson kiyinish xonasiga ularning tunda maishat qilgani tasvirlangan suratni olib keldi va jamoaga murojaat qildi: ‘Yaxshi, yigitlar, agar biz sovrinni qo‘ldan boy bersak, u holda barchasiga ko‘ngilxushlikni istab qolgan mana shu ikki ahmoq sababchi bo‘ladi’”, — deya eslaydi van Persi.
Niderlandiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga 2012-yilning yozida olib kelinadi. 2012/13-yilgi mavsumda Fergyuson shogirdlari “Manchester Siti”ni 11 ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)