26-mart, payshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Seulda ekofaollar kasallik profilaktikasi choralariga amal qilishga chaqirib, aksiya o‘tkazdi.

Foto: AP Photo

Marokashning Rabot shahrida odamlar o‘z uyi oynasidan turib, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni olqishladi.

Foto: AFP

Peruda koronavirus tufayli e’lon qilingan favqulodda holatning 10-kunida Limaning bo‘sh ko‘chalari.

Foto: EPA

AQShning Alabama shtatidagi aeroportda reyslar qisqargani uchun bekor turgan samolyotlar.

Foto: Reuters

Italiyaning Bergamo shahrida koronavirusdan vafot etganlarning tobutini krematoriyga olib ketayotgan harbiy kolonna.

Foto: AP Photo

Vyetnamdagi restoranlardan birida koronavirus shaklidagi burgerlar tayyorlanmoqda.

Foto: EPA

Kanadaning Vankuver shahridagi Linn-Velli parvarishlash markazi ishchisi pardani yopmoqda. Ushbu markazda bir necha kishi koronavirus tufayli vafot etdi.

Foto: Shutterstock

“Bek Baraka” savdo majmuasidagi karantindan ogohlantiruvchi ma’lumot.

Foto: “Daryo”

Bogotadagi xalqaro aeroportda aravachada o‘tirgan 1 yoshli bolaning haroratini tibbiyot xodimi o‘lchamoqda.

Foto: Reuters

Iroqning Najaf shahrida joylashgan hayvonot bog‘idagi ayiq va sher.

Foto: Reuters

Tehrondagi ko‘rgazma markazi 2000 o‘rinlik shifoxonaga aylantirildi.

Foto: “TASS”

Shveysariyaning Byorn shahridagi qandolat do‘konida yuziga niqob taqilgan pasxa quyonlari.

Foto: Reuters

Germaniyaning Gannover shahridagi uyi balkonida mashq qilayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Efiopiyalik xristianlar Addis-Abebada yurishga chiqdi. Dindorlar yurishga boshchilik qilayotgan ruhoniyning qo‘lidagi tutayotgan ladan COVID-19 dan himoya qilishiga ishonadi.

Foto: Reuters

Odatda sayyohlarga to‘la bo‘lgan Kaliforniyadagi gullar dalasi koronavirus tufayli bo‘shab qoldi.

Foto: Reuters

Bogotadagi Bolivar maydonida och qolgan kabutarlar ovqat qidirmoqda.

Foto: AFP

JARdagi 21 kunlik karantin vaqtida ko‘p qavatli binoning tashqi tomoniga uyda qolishga chorlovchi plakat osib qo‘yildi.

Foto: Reuters

Shveysariya Alplaridagi ustini muz qoplagan o‘rik gullari.

Foto: AP Photo

Afg‘onistonlik sikx Kobuldagi hujum uyushtirilgan sikxlar ibodatxonasining singan oynalaridan tashqariga qaramoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Dortmund shahrida qandolatchi hojatxona qog‘ozi ko‘rinishidagi pirog tayyorlamoqda.

Foto: AFP

Atrofi bo‘shab qolgan Piza minorasi.

Foto: EPA

Chilining Pukon shahridan Vilyarrika vulqoni ko‘rinishi.

Foto: Reuters