Daryo

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarosida ilk bor koronavirus aniqlandi

Bemorga kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, hozirda Avstriyada karantinga olingan

1 daqiqa o‘qish212 966 ko‘rishlar0 izoh0

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Avazbek Hojimatov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazilmoqda.

Foto: “Moskva” AA

Ma’lum qilinishicha, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan. Ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan.

Vaziyat elchixona doimiy nazoratida ekanligi aytilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 26-mart, payshanba kuni, soat 11:00 holatiga ko‘ra, 65 nafarni tashkil etmoqda, 28 ming nafardan ko‘proq odam karantinga olingan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash va karantin uchun 10 ga yaqin shifoxona qurilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun quriladigan kasalxonalar 5 kunda foydalanishga topshiriladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar