Vyetnamda koronavirus shaklidagi burgerlar tayyorlanib, xo‘randalarga yetkazib berilmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: YouTube

“Bizda shunday gap bor: nimadandir qo‘rqsangiz, uni yeb qo‘ying. Shuning uchun koronavirus shaklidagi burgerni yeyishingiz bilan u sizga boshqa qo‘rqinchli tuyulmaydi”, — deydi koronaburger muallifi.

Koronaburgerni tayyorlash uchun sabzavot sharbati va ko‘k choydan foydalanilmoqda. U tashqi ko‘rinishi bilan virus tuzilishini eslatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-mart holati bo‘yicha Vyetnamda koronavirusni yuqtirgan barcha bemor, ya’ni 16 kishining hammasi sog‘ayib ketgan.