25-mart, chorshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Xitoyning Nankin shahridagi bog‘da koronavirusdan himoyalanish uchun palatkada ovqatlanayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Toshkentdagi “Farhod” bozorida savdo-sotiq jarayoni. Niqobsiz odamning o‘zi yo‘q. 25-martdan e’tiboran ko‘chaga niqobsiz chiqqanlar jarimaga tortilishi belgilangan.

Foto: “Daryo”

Hindistonda koronavirus tufayli 21 kunlik karantin e’lon qilindi. Karantinga amal qilmaganlarni politsiya tayoq bilan kaltaklab tarqatmoqda.

Foto: Reuters

Dehlida politsiya karantin qoidalariga rioya qilmay ko‘chaga chiqayotganlarni tayoq yordamida kaltaklamoqda.

Foto: Reuters

Peruda joriy qilingan karantin tufayli Limadagi plyajlardan birini qushlar egallab oldi.

Foto: AP Photo

Rimdagi kasalxonada koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokor.

Foto: Reuters

Xitoyning Chendu shahridagi pandalarni ko‘paytirish ilmiy-tadqiqot markazi tashrifchilar uchun ochildi.

Foto: AFP

Bangkokdagi univermagda yetkazib berish xizmati xodimlari bir-biridan masofa saqlab o‘tiribdi. Ular mijozlarning buyurtmasi tayyor bo‘lishini kutmoqda.

Foto: Reuters

Xorvatiya poytaxti Zagrebda zilziladan zararlangan uy devorida “parchalangan yurak” nomli installyatsiya paydo bo‘ldi.

Foto: EPA

Indoneziyaning Surabaya shahrida to‘yi bo‘layotgan kelin dezinfeksiya kamerasida dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: Reuters

Koronavirus alomatlari aniqlangan odamlarni joylashtirish uchun Barselonadagi ko‘rgazma zalida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonada krovatlar oldida turgan askar.

Foto: Reuters

Shanxayda ikki oylik farzandini koronavirusdan himoya qilish uchun bolani o‘zi yasagan kapsulaga solib olgan erkak.

Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi sikxlar ibodatxonasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng yig‘layotgan ayol. Terrorchilik harakati oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan dehqon bozorining isiriq rastasi.

Foto: “Daryo”

Isroilning Ramat-Gan shahridagi safari-parkda tug‘ilganiga 6 kun bo‘lgan filcha.

Foto: Reuters

Uxandagi temiryo‘l vokzalining kutish zalini dezinfeksiya qilayotgan ishchilar. Vokzal koronavirus infeksiyasi sabab yopilgan.

Foto: Reuters

Afinada Gretsiya mustaqilligi kuni munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News boshlovchisi bilan suhbat qurmoqda.

Foto: NYT

Nepalda Everestga yaqin joydagi ko‘prikda yuklarni tashiyotgan xachirlar.

Foto: AFP

Buyuk Xitoy devorining bir qismi tashrifchilar uchun yana ochildi.

Foto: AP Photo

Kaliforniyada plyaj yaqinidagi syorfer haykaliga niqob taqib, qo‘lqop kiygizib qo‘yishdi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Gannover shahridagi hayvonot bog‘ida onasi bilan o‘ynayotgan qutb ayig‘i bolasi.

Foto: Shutterstock