22-mart, yakshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Quyoshli kunda Pekindagi bog‘da qarta o‘ynayotgan niqobdagi odamlar.

Foto: Reuters

Dehlidagi 14 soatlik komendantlik soatida bo‘shab qolgan shosse.

Foto: Reuters

Odatda yakshanba kunlari ham to‘lib-toshadigan Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida ketayotgan yakka yo‘lovchi.

Foto: “Daryo”

Bolgariyaning Sofiya shahridagi bog‘da olmaxonga ovqat berayotgan erkak.

Foto: Reuters

Xotvatiya poytaxti Zagrebda yer qimirlashidan so‘ng vayron bo‘lgan mashina.

Foto: Reuters

Seuldagi kinoteatr oldida mashinada o‘tirgan juftlik.

Foto: AFP

Milandagi Pyatssa-del-Duomo maydonidagi harbiylar. Karantinga qaramay odamlar ko‘chaga chiqishda davom etayotgani uchun Italiya hukumati harbiylarni jalb etdi.

Foto: Shutterstock

Fransiyaning Mulyuz shahrida tibbiyot xodimlari bemorni boshqa shaharga evakuatsiya qilish uchun vertolyotga olib ketmoqda.

Foto: AFP

Toshkentda 21-mart kuni yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng ko‘payib ketgan momaqaymoqlar orasida erta tongdan sayr qilayotgan mayna.

Foto: “Daryo”

Braziliyaning Kuritiba shahrida ruhoniy odamlardan cherkovga kelmaslikni, buning o‘rniga o‘z suratlarini yuborishlarini so‘radi. Shundan so‘ng cherkovga 170 mingta surat keldi.

Foto: EPA

Tokiodagi Ueno bog‘ida olcha daraxti gullarini ko‘rgani kelgan kimonodagi turistlar.

Foto: Reuters

Salvadorda syorferlar plyajni tark etmoqda. Politsiya syorferlardan suvni tark etib, mehmonxonaga qaytishni talab qildi.

Foto: Reuters

Jakartada himoya kiyimlaridagi dezinfeksiyachilar jamoasi.

Foto: Reuters

Yopiq metro eshiklari oldidan o‘tib ketayotgan erkak. Toshkentda 22-martdan jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

Foto: “Daryo”

Gonkongda gul va o‘simliklar sotib olayotgan odamlar.

Foto: AFP

Melburnda Avstraliya futboli bo‘yicha musobaqa bo‘sh tribunalar qarshisida o‘tkazildi.

Foto: AAP

Mumbayda odamlar o‘z uyi balkonidan turib koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni olqishlamoqda.

Foto: EPA

Mumbayda odamlar qarsak chalib va idish-tovoq taqillatib, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: Reuters

Angliyaning York shahrida devor ustida o‘tirib, gulzorga termulib o‘tirgan qiz.

Foto: The Guardian

Germaniyaning Vinterbax kommunasida ruhoniy ibodat marosimini YouTube orqali o‘tkazmoqda.

Foto: AP Photo

Las-Vegasdagi yopiq kazinolar oldidan o‘tayotgan erkak.

Foto: AP Photo