23-mart, dushanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Xitoyning Shenyan shahridagi parkda raqs tushayotgan juftlik. Xitoyda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq yangi holat qayd etilmadi. Ikki oylik blokirovkadan so‘ng mamlakatda hayot yana normal rejimga qaytmoqda.

Foto: AFP

Nyu-Yorkdagi o‘rta maktabda dezinfeksiya ishlarini olib borayotgan harbiylar. Donald Tramp Milliy gvardiyani koronavirusga qarshi kurashda infeksiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan Nyu-York, Vashington va Kaliforniya shtatlariga yordamga safarbar qildi.

Foto: Reuters

Rio-de-Janeyrodagi mashhur Kopakabana plyaji bo‘shab qoldi.

Foto: Reuters

Toshkentda jamoat transportisiz ikkinchi kun. Bekatlar ham, ayrim ko‘chalar ham odamlardan xoli.

Foto: “Daryo”

Xorvatiyada zilzila yetkazgan zararni hisob-kitob qilish ishlari davom etmoqda.

Foto: Reuters

Butun Hindiston bo‘ylab komendantlik soati joriy etilishi oldidan odamlar o‘z shahri va qishlog‘iga qaytib ketmoqda.

Foto: Reuters

Kuala-Lumpurda tezyurar poyezdda niqob va qo‘lqop taqib olgan malayziyalik ayol.

Foto: Reuters

Finlyandiya osmonida ko‘ringan shimol yog‘dusi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Leypsig shahrida oynadan turib musiqa chalayotgan ayol va yigit.

Foto: DPA

Tokiodagi Ueno bog‘ida daraxt gullarini ko‘rishga yig‘ilgan odamlar.

Foto: Reuters

Shanxayda niqob taqib olgan it.

Foto: Reuters

Dehlidagi chegara postida o‘tirgan erkak.

Foto: Reuters

Toshkent shahridagi ayrim do‘konlar eshigiga mana shunday shakldagi suratlar ilingan. Unda niqobsiz xaridorlar do‘konga kiritilmasligi haqida ogohlantirilgan.

Foto: “Daryo”

Tailanddagi shaharlaro avtobus bekatida bir-biri bilan oraliq masofani saqlab o‘tirgan yo‘lovchilar.

Foto: Reuters

AQShning Vashington shtatida koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtincha gul do‘konlari yopildi.

Foto: Reuters

Xitoyning Xuaybey shahridagi fabrikada tibbiyot qo‘lqoplari tayyorlanmoqda.

Foto: AFP

Angliyaning Uitbi shahridagi pristanda turib, quyosh chiqishini kuzatayotgan erkak.

Foto: LNP

Tokioda koronavirus tufayli Olimpiadani o‘tkazish masalasi hali ham ochiq turibdi. Bir necha mamlakatlar Olimpiadaga o‘z sportchilarini yubormasligini e’lon qildi. Olimpiada 24-iyuldan 9-avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi.

Foto: AP Photo

Koronavirus tufayli Xitoydan baliq importi to‘xtab qolgach, Keniyada mahalliy baliqchilar tutgan baliqlarga talab keskin ko‘tarildi.

Foto: Reuters

Suriyaning Idlib shahrida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirayotgan dezinfeksiyachilar jamoasi.

Foto: Anadolu Agency

Ispaniyaning Valensiya shahrida Falyas festivali uchun yasalgan installyatsiya festivalning yangi sanasi ma’lum bo‘lgunicha saqlab turish uchun olib ketilmoqda. Koronavirus xavfi sababli mamlakat bo‘ylab barcha yirik tadbirlar qoldirildi.

Foto: EPA

Kongo Demokratik Respublikasidagi shifoxonada qizamiqqa chalingan bola onasi bilan tushlik qilmoqda.

Foto: Reuters

Angliyaning Nortumberlend grafligi osmonida ko‘rinayotgan Somon yo‘li.

Foto: PA Media