28-mart kuni yopiladigan Sotheby’s onlayn-savdolari orqali 992 seriyaga kiruvchi Porsche 911 (911 GT nomi ostida sotilgan) sotuvga qo‘yildi. 1996-yilda ishlab chiqarilganidan buyon 30 113 kilometr yo‘l bosgan avtomobil 950 000-1 100 000 dollarga sotilishi mumkin, deb xabar beradi Motor.
Porsche 911 GT2 seriyasi 911 Turbo (993) poyga versiyasini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarilgan. Orqa uzatmali ekstremal kupe old qanotlari tuzilishi, stekloplastikdan ishlangan arkali keng g‘ildiraklari va ikki o‘lchamli ulkan antiqanoti bilan ajralib turgan. Mashinaga 18-dyuymli Speedline for Porsche g‘ildiraklari, shuningdek, uglerodokeramikali tormoz o‘rnatilgan.
Porsche 911 GT’ni 430 ot kuchiga ega 3,6 litrli dvigatel harakatga keltirgan. Mashina olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Noldan 97 km/soat tezlikka to‘rt soniyada chiqqan mashinaning maksimal tezligi soatiga 296 kilometrgacha yetgan.
Sotuvga qo‘yilgan sportkar kumushrang Polar Silver rangiga bo‘yalgan bo‘lib, konditsioner va elektruzatmali oynalar bilan jihozlangan. Avtomobil modifikatsiyaga uchramagan, shu sabab zavoddan chiqqan holdagi xususiyatlariga to‘liq javob beradi.
Izoh (0)