• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-mart, payshanba kuni, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir avvalida davlat rahbari ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda. Koronavirus infeksiyasi 190 dan ziyod mamlakatga tarqalib, pandemiyaga aylandi. Kasallanganlar soni 450 mingdan, vafot etganlar 21 mingdan oshdi.

    Afsuski, ushbu kasallik mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Bugunga kelib virus bilan kasallanganlar soni 65 nafarni tashkil qilmoqda.

    Shu sababli, Bosh vazir rahbarligida respublika komissiyasi tuzilib, Inqorozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi.

    Pandemiyaga qarshi qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish uchun jamg‘armaga 10 trillion so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.

    Bu ofatdan xalqimizni asrash bo‘yicha mamlakat miqyosida ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda. Xususan, kasallik aniqlangan ilk kundanoq barcha ta’lim va diniy muassasalar faoliyati, xalqaro va ichki jamoat transportlari qatnovi to‘xtatildi.

    Odamlar gavjum bo‘ladigan joylar, xususan, barcha buyum bozorlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari vaqtincha yopildi.

    Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlar xodimlariga ta’til berilib, masofaviy ishlashga o‘tkazilmoqda.

    Mamlakatning barcha tibbiyot muassasalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilib, 11 ta tibbiyot muassasasi va 97 ta sihatgoh, oromgoh va yotoqxonalar karantinga ixtisoslashtirildi.

    Ushbu virusli infeksiyani jilovlash, tarqalishining oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida uy sharoitida 80 mingga yaqin, statsionarda 12 ming nafar fuqaro karantinga olingan.

    Pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 100 ming atrofida tibbiyot xodimlari mobilizatsiya qilinib, ularga hokimiyatlar, ichki ishlar tizimi, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yaqindan ko‘maklashmoqda.

    Shuningdek, xorijdagi fuqarolarimizni qaytarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dastlab ularni Xitoydan evakuatsiya qilgan bo‘lsak, hozirda barcha davlatlardan olib kelinmoqda.

    Xorijdagi hamma diplomatik vakolatxonalarimizda shtablar tashkil etilgan. Oxirgi 10 kun ichida 20 ta charter reyslar amalga oshirildi. Rossiya, Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Misr, Malayziya, Hindiston, Tailand, Indoneziya va Germaniyadan to‘rt mingga yaqin fuqarolarimiz olib kelindi, qo‘shni davlatlar bilan chegaralarimizdan 80 mingdan ortiq vatandoshlarimiz o‘tkazildi hamda yurtimizda tashkil etilgan profilaktoriy, sanatoriy va boshqa shifo maskanlarida karantinga olindi.

    Bundan tashqari, diplomatik missiyalarimiz Rossiya, Xitoy, Singapurdan ekspress-testlar, tibbiy anjomlar va gumanitar yuklarni olib kelish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarmoqda, ilg‘or davlatlarning yetakchi va tajribali mutaxassislarini jalb etish bo‘yicha sa’y-harakatlar kuchaytirildi.

    Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, 100 taga ham yetmaydi, xavotirga o‘rin yo‘q, deb xotirjam bo‘lish xiyonat hisoblanadi.

    Chunki, koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak.

    Davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralar odamlarimizning kasallikni yuqtirib olish ehtimolini imkon qadar chegaralash, virusli infeksiyaning tarqalishini jilovlashga qaratilgan.

    Tibbiyot qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, davlat bunga qancha-qancha mablag‘ ajratmasin, odamlarimiz shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli bo‘lib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barcha ko‘rilayotgan choralarimiz, pandemiyaga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketishi mumkin.

    Ayrim hudud rahbarlari hozirga qadar fuqarolarga murojaat bilan chiqish va yuzaga kelgan vaziyatni aholi o‘rtasida tushuntirish choralarini ko‘rmayapti. Mahalliy telekanallar, gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda ishlar lozim darajada tashkil etilmayapti.

    Viloyat, shahar va tuman, 4 ta sektor rahbarlarining epidemiologik osoyishtalik uchun shaxsiy javobgar ekanligi haqida qat’iy ogohlantiraman. Sizlar koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, karantin rejimini buzishning barcha salbiy oqibatlarini aholiga tushuntirish bo‘yicha tunu kun ishlashingiz shart.

    Mahalla fuqarolar yig‘inlariga ham ko‘p e’tirozlarim bor. Joylarda mahalla faollarining roli umuman sezilmayapti. Mahalla raislarining ko‘z oldida ayrim fuqarolar ko‘p odamlarni yig‘ib, dabdabali marosim va tadbirlarni o‘tkazishni davom ettirmoqda.

    Misol uchun, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Beruniy mahallasida yashovchi ayol Umradan qaytib kelib, uyda karantinda bo‘lish talablarini qo‘pol ravishda buzib, ertasi kuni 120 nafar kishini chaqirib, dabdabali marosim o‘tkazgan. Oqibatda uning 4 nafar oila a’zosi infeksiya yuqtirgani aniqlandi. Yana qancha odam kasallangani hali noma’lum.

    Shu bois karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risida parlamentimiz qabul qilgan qonunni imzoladim. Ushbu qonunga asosan, bundan buyon karantin davrida atrofidagi insonlarning sog‘lig‘i va hayotini xavf ostiga qo‘yganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

    Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini qat’iy ta’minlashi shart.

    Ishonchim komil, oilasi, farzandlari, el-yurti tinchligi, sog‘lig‘ini hamma narsadan ustun qo‘yadigan donishmand xalqimiz bunday holatga tushib qolishni hech qachon istamaydi.

    Koronavirus pandemiyasi butun insoniyat uchun Yaratganning bergan bir sinovidir. Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko‘rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz o‘z xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda, uni yashirmay shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilsalar, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz!

    Koronavirusga qarshi kurashishdagi o‘ziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinchi zarbani qabul qilmoqdalar. Oddiy haqiqatni tan olish adolatdan bo‘ladi. Kasallarga o‘z vaqtida yordam berilsa, ular shifo topadi, kasalxonalarni tark etadi. Lekin, oxirgi kasal tuzalmaguncha tibbiyot xodimlari ish joyini tark etolmaydi.

    Dunyo bo‘ylab, xususan, mamlakatimizda shifokorlarning o‘z kasbiga sadoqati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz sog‘lig‘i yo‘lida tunu kun qilayotgan mehnati barchamiz uchun jasorat namunasi bo‘lmoqda.

    Shu sababli, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qo‘shayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini e’tirof etgan holda, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot, sanitar-epidemiologik va boshqa xodimlarni qo‘shimcha ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida qarorni imzoladim.

    Karantin amal qiladigan muddatda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda faoliyat olib borayotgan shifokorlar, epidemiologlarga har oyda qo‘shimcha 25 million so‘m, hamshira va laborantlarga 15 million so‘m, sanitar xodimlarga 10 million so‘m va boshqa xodimlarga 5 million so‘m rag‘batlantirish to‘lovlari beriladi.

    Bundan tashqari, bemorlar bilan ishlash vaqtida koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m miqdorida alohida to‘lov beriladi.

    Hurmatli tibbiyot xodimlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, pandemiya bilan kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlarga butun O‘zbekiston xalqi nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 65 nafarga yetdi
    • Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 11 nafari — Virusologiya instituti xodimlari

    26.03.2020, 20:36   Izoh (0)   135264
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 11 nafari — Virusologiya instituti xodimlari

    26.03.2020, 20:01

    O‘zbekistonda karantin davrida bozorlardagi narx-navo qanday?

    26.03.2020, 19:47

    O‘zbekistonda 27-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

    26.03.2020, 19:32

    TIV vaziyat tarangligicha qolgan Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

    26.03.2020, 19:02

    Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    26.03.2020, 18:46

    Guliston shahriga 27-martdan boshlab kirish-chiqish to‘xtatiladi

    26.03.2020, 18:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JAR AQSH bojxona to‘lovlari tufayli Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yangi bozorlar izlamoqda

    Dunyo | 12 avgust, 21:40

    “Ularga omad tilayman”: Daniel Redkliff “Garri Potter” serialida ishtirok etmaydi

    Kino | 12 avgust, 21:30

    O‘zbekistonda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bir yilda 121 foizga oshgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 21:20

    “Putin va Tramp bilan uch tomonlama uchrashuv rejalashtirilmoqda” — Zelenskiy

    Dunyo | 12 avgust, 21:10

    Superliga. “OKMK” “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi, “Navbahor” esa “Andijon”dan ustun keldi

    Sport | 12 avgust, 21:05

    “Xalq banki”da yollanma xodim 9,5 mlrd so‘m o‘g‘irlagani aniqlandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 20:58

    Isroil G‘azo sektoridan chiqib ketishi shart — Shimoliy Koreya TIV

    Dunyo | 12 avgust, 20:50

    “Rossiya Kiyevni to‘rt soatda egallay olardi” — Tramp

    Dunyo | 12 avgust, 20:42

    Muxlislar tomonidan ortiqcha baholangan 7 turk qahramoni

    Kino | 12 avgust, 20:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.