Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash maqsadida Toshkent viloyatidan o‘tuvchi avtomagistrallar, ichki yo‘llar, shuningdek, viloyatning hududiy chegaralari yopilishi yoki yopilgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.
Toshkent viloyati IIBBdan ma’lum qilishlaricha, bu xabarlar “mutlaqo asossiz”. “Hozirda Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi barcha avtomagistrallar, ichki yo‘llar, shuningdek, viloyatning hududiy chegaralari ochiq”, — deyiladi IIBB axborotida.
Viloyat IIBB axborot xizmati aholini asoslanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka va ularni tarqatmaslikka, shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq yangiliklarni @koronavirusinfouz rasmiy Telegram kanali orqali kuzatib borishga chaqirgan.
Bundan tashqari, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha savollar tug‘ilsa, 1003 raqamli tezkor aloqa tarmog‘iga murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tilgan.
Izoh (0)