Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Xo‘jaxuroson” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1949-yilda tug‘ilgan A.T.ning xonadonida portlash yuz bergan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, portlash uyda o‘zboshimchalik bilan tashkil qilingan somsaxonada 20 litr hajmli gaz balloni yorilib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Hodisa sabab somsaxonaning uch nafar ishchisi hamda to‘rt nafar mijozi — jami yetti kishi turli darajada kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Imoratga qanchalik zarar yetganiga aniqlik kiritilmagan.
Hodisa yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)