Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Keysuke Xonda beshta mintaqada gol urgan holda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.
Yaponiyalik futbolchi “Botafogo” safidagi ilk golini urdi, bu Xonda uchun Janubiy Amerikadagi debyut gol bo‘ldi. Avvalroq futbolchi Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Shu tariqa Xonda beshta mintaqada gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
JARda o‘tgan 2010-yilgi Jahon Chempionatida futbolchi Yaponiya terma jamoasi safida ikkita to‘p kiritgandi.
Xonda Yaponiyadan 2008-yilda Yevropaga keladi va “Venlo”, “Vitess”, SSKA hamda “Milan” kabi jamoalarda to‘p suradi. Meksikada “Pachuka”, Avstraliyada esa “Melbrun Viktori”da o‘ynagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)