17-mart, seshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Pekindagi parklardan birida mushuk bilan o‘ynayotgan niqobdagi qizaloq.

Foto: Getty Images

Oq uydagi koronavirus bo‘yicha brifingda Donald Trampga savol berish uchun qo‘l ko‘targan qo‘lqopdagi muxbir.

Foto: Reuters

Katmanduda futbol o‘ynayotgan o‘quvchilar. Hozirda Nepal hukumati koronavirus xavfi tufayli o‘quv yilini muddatidan avval yakunlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: EPA

Santyagoda Chili hukumatiga qarshi namoyishda qo‘lga olingan erkak.

Foto: Reuters

Italiyaning Bergamo shahrida himoya kiyimlarini kiyib olgan ishchilar koronavirusdan vafot etgan odamning tobutini qabristonga olib kelmoqda.

Foto: Reuters

Kiyevda himoya kiyimidagi “Milliy korpus” partiyasi faollari Ukraina parlamenti binosi oldidagi mitingda koronavirus xavfi sabab qonun chiqaruvchilarni izolyatsiya qilishga chaqirdi.

Foto: Reuters

Shanxayda niqob taqib olgan qassob.

Foto: Reuters

Kongo Demokratik Respublikasining Lwiro primatlar markazidagi shimpanzelar.

Foto: EPA

Chexiyada koronavirus tufayli umummilliy karantin e’lon qilindi.

Foto: EPA

Moskva metrosidagi poyezd vagonlari dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: Reuters

Bangladeshdagi Jamuna daryosi bo‘yida ishchilar qalampirlarni quritmoqda.

Foto: AFP

Germaniyaning Magdeburg shahrida joylashgan Edeka supermarketining bo‘shab qolgan peshtaxtalari.

Foto: “Daryo”

Germaniyaning Magdeburg shahrida joylashgan Edeka supermarketi ma’muriyati mahsulotlarning barcha assortimentini yetkazib bera olmayotgani uchun xaridorlardan uzr so‘rab, buni bartaraf etish ustida ishlayotgani bildirilgan.

Foto: “Daryo”

Karantin tufayli deyarli bo‘shab qolgan Venesueladagi savdo markazi.

Foto: Reuters

Isroilda O‘lik dengizi bo‘yidagi plyajlar yopildi.

Foto: AP Photo

Milandagi dorixona mijozlariga to‘siq darchasidan xizmat ko‘rsatilmoqda.

Foto: Shutterstock

Boris Jonson odamlarni barlar, klublar va teatrlarga bormaslikka, sayohatga chiqmay turishga chaqirganidan bir kun o‘tib Londondagi Millenium ko‘prigi bo‘shab qoldi.

Foto: PA Media

Gonkong xalqaro aeroportidagi himoya kiyimlaridagi yo‘lovchilar.

Foto: Reuters

Frankfurt aeroportidan uchib ketayotgan samolyot.

Foto: Reuters

Iordaniya poytaxti Ammanda karantin markaziga aylantirilgan mehmonxonani qo‘riqlayotgan niqobdagi harbiy.

Foto: Reuters

Kolumbiyaning Medelyin shahrida ofitsiant mijozlar uchun stol hozirlamoqda.

Foto: AFP

Xitoyning Venchan kosmodromidan uchgan raketa tashuvchi havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchradi.

Foto: Getty Images