• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham karantin e’lon qilindi

    O‘zbekiston parlamenti quyi palatasida ham 16-martdan boshlab karantin qoidalari amal qila boshladi. Hukumat belgilagan chora-tadbirlardan kelib chiqib, palata qo‘mitalarining majlislari, fraksiyalar yig‘ilishlari, yalpi majlislar o‘tkazilishi to‘xtatildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyevga asoslanib, “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Deputatning aytishicha, Oliy Majlis binosiga kirishda tibbiy tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish uchun sharoitlar yaratilgan.

    “Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi bu xalqimiz ekanidan kelib chiqsak, davlat xalq manfaatlarini ko‘zlab, birinchi navbatda, uning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, koronavirus infeksiyasining respublikamizda tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha hukumat tomonidan qattiqqo‘llik bilan ko‘rilayotgan barcha karantin chora-tadbirlarini men ham deputat sifatida, ham bir fuqaro sifatida to‘laligicha qo‘llab-qavvatlayman.

    Zero, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Xitoy va Yevropa davlatlari tajribasidan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo‘lsak, karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hozircha bu infeksiyaga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li hisoblanadi.

    Karantin munosabati bilan qat’iy choralar ko‘rilayotgani parlament quyi palatasi faoliyatini to‘xtatdi, degani emas. Hozirda parlamentda ichki elektron tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha hujjatlarning elektron almashinuvi uchun sharoitlar yaratilgan. Parlament va deputatlarning asosiy faoliyati elektron tarzda davom ettiriladi”, — deydi u.

    Doniyor G‘aniyevga ko‘ra, qonun loyihalari muhokamalari, ijro hokimiyati tomonidan qonunlar ijrosi nazorati, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ular ustida ishlash ham elektron tarzda amalga oshiriladi.

    “Parlament va hukumat o‘rtasidagi aloqalar va hujjatlar almashinuvi elektron hukumat portali orqali o‘rnatilsa, deputatlarimizning fuqarolar bilan aloqasi esa ularning ijtimoiy tarmoqlar (Facebook va Telegram)dagi shaxsiy sahifalari orqali davom etadi.

    Qolaversa, mamlakatimizda karantin haftaligining joriy etilishi bahonasida, ehtimol, og‘riqli nuqtalarimizdan biri bo‘lgan ‘Elektron Hukumat’, ‘Elektron Parlament’ hamda masofaviy ta’lim tizimlarini yanada rivojlantirish, ularning amalda qo‘llanilishini tezlashtirish, shuningdek, hududlarni tezkor va sifatli internet aloqasi bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirishga katta bir turtki bo‘lar. Zero, har bir qiyinchilik yoki xavf insonlarni yangi imkoniyatlar ‘oynasini’ izlashga undaydi”, — deydi deputat Doniyor G‘aniyev.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov parlament faoliyatini to‘xtatmasligini ma’lum qiligan.

    “Qonun loyihalariga mas’ullar shu yerda qoladi, qolganlar joylarda koronavirus sababli parlament nazoratini o‘rnatish maqsadida o‘z saylov okruglarida faoliyat olib boradi.

    Doniyor G‘aniyevning gapida jon bor. Gap shundaki, qonun loyihalarini ikkinchi, uchinchi o‘qishga tayyorlash jarayoniga mutaxassislar jalb etiladi. Endilikda ular bilan messenjerlar, elektron pochta orqali muloqotda bo‘lib turiladi”, — degan u.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangani sababli 16-martdan barcha ta’lim muassasalari karantin uchun yopildi hamda boshqa tashkilotlarda sanitar-gigiyenik choralar kuchaytirildi.

    Mavzuga doir:

    • Karantin sharoitida ish beruvchi qanday majburiyatlarni bajarishi kerak?
    • Namangandagi masjidlarda diniy marosimlar vaqtincha to‘xtatildi. Ular to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilmoqda

    17.03.2020, 21:57   Izoh (0)   56731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    17.03.2020, 21:43

    Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov o‘z lavozimidan ozod etildi

    17.03.2020, 21:27

    O‘zbekiston Markaziy banki koronavirusdan saqlanish uchun naqd pullardan kamroq foydalanishni tavsiya etdi

    17.03.2020, 21:11

    O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni yaxshilandi

    17.03.2020, 20:38

    Adliya vaziri o‘rinbosari bog‘cha va maktablar yopilsa-da, tarbiyachi va o‘qituvchilar ishlashda davom etayotganiga izoh berdi

    17.03.2020, 20:22

    Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari 19-martdan to‘liq yopilib, dezinfeksiya qilinadi

    17.03.2020, 20:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

    Dunyo | 4 iyul, 09:03

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46

    Ohangaron shahar hokimligi mansabdori qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 08:31

    Moskvada ozarbayjonlik “qonundagi o‘g’ri” qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 4 iyul, 08:24

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.