Mart oyining ikkinchi haftasidagi eng qiziqarli suratlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz.

Koronavirusdan davolanib, shifoxonadan chiqqan bemorlar Uxandagi karantin markazida badantarbiya qilmoqda.

Foto: Reuters

Meksikada gender zo‘ravonligiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishida politsiyachining qalqoniga namoyishchilar qizil bo‘yoq sepdi.

Foto: AP Photo

Lissabondagi restoranlardan birining oldiga boylab qo‘yilgan niqobdagi it.

Foto: EPA

PSJ futbolchilari “Borussiya Dortmund” ustidan qozonilgan g‘alabani muxlislar bilan birga nishonlamoqda.

Foto: Reuters

Vashington shtatining Kirklend shahridagi koronavirus aniqlangan qariyalar uyidan chiqayotgan ishchining niqobi dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: Reuters

Chennaydagi Holi bayramida yuziga bo‘yoqlar sepilgan erkak.

Foto: Reuters

Valensiya shahrida 11-mart kuni Falyas festivali uchun figuraga niqob kiydirilayotgan holat. Ispaniya hukumati 13-martda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan festivalni koronavirus sabab bekor qildi.

Foto: AP Photo

Toshkent shahrida o‘tkazilgan hasharda ko‘chat ekkandan so‘ng issiq choylarni damlab olib, dam olayotgan otaxon.

Foto: “Daryo”

Tehrondagi ofislar joylashgan bino lifti tugmalarini tish kovlagich yordamida bosayotgan erkak.

Foto: AFP

Nyu-Yorkda G‘arbiy yarimshardagi eng baland kuzatuv maydonchasida sakrayotgan erkak. Hudson Yards Tower’ning 100-qavatidagi The Edge kuzatuv maydonchasi 335 metr balandlikda joylashgan.

Foto: Getty Images

Koronavirus tufayli Ka’ba atrofi bo‘shab qoldi.

Foto: AP Photo

Fukusimada 2011-yil 11-mart kuni sodir bo‘lgan zilzila va sunami oqibatida halok bo‘lganlarni xotirlayotgan erkak.

Foto: Kyodo

Mumbayda Holi bayrami arafasida koronavirus devi — “Koronasur”ning qo‘g‘irchog‘i ko‘chadan olib o‘tilmoqda. Bayramning birinchi kechasida qo‘g‘irchoq yoqib yuborilgan.

Foto: AFP

Iordan daryoning g‘arbiy qirg‘og‘ida yaralangan falastinlik namoyishchiga yordam ko‘rsatilmoqda.

Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga demokratlardan nomzod Jo Baydenning saylov kampaniyasi vakili Detroytdagi mitingda dezinfeksiyalovchi vositalarda qo‘lni tozalab olishni taklif etmoqda.

Foto: Getty Images

Portugaliyada odam qo‘lidan oziqlanayotgan chaykalar.

Foto: AFP

Gretsiyada Tokio—2020 olimpiada o‘yinlari mash’alasi yoqildi. Koronavirus xavfi sababli tadbir muxlislarsiz o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Boliviya poytaxti La-Pasdagi maydonda uxlayotgan erkak.

Foto: Reuters

Tokiodagi temiryo‘l stansiyasida robotni aravachada olib ketayotgan ayol lift poylamoqda.

Foto: AP Photo

Tailandning Pattayya shahridagi odatda turistlar bilan to‘la bo‘ladigan, hozir koronavirus sababli bo‘shab qolgan plyaj.

Foto: Getty Images

O‘zini Venesuelaning vaqtincha prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaydoning tarafdori xavfsizlik kuchlari oldida norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Foto: AFP

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan qizga Holi bayramida bo‘yoq sepilmoqda.

Foto: Reuters

Avstraliya poytaxti Kanberra shahrida xalqaro havo sharlari festivali o‘tkazildi.

Foto: EPA