So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    Hamma raqsga tushsin! Ranglar festivali Holi haqida (fotogalereya)

    12.03.2020, 17:35 90810

    Har bir xalq va millatning kelib chiqishi, e’tiqodi va urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lgan milliy bayrami bo‘ladi. Hindistonda har yilning fevral oxiri, martning boshlarida bo‘lib o‘tadigan Holi bayrami ham shular jumlasidan. Ushbu bayram nafaqat Hindistonda, balki boshqa davlatlarda ham festival sifatida nishonlanib kelinmoqda. Unda kishilar bir-biriga rangli bo‘yoqlar sepadi, raqsga tushib zavqlanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Qish ustidan bahorning g‘alabasi sifatida oy to‘lganidan keyin ikki yoki uch kun mobaynida nishonlanadigan ushbu bayramni hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi ekaniga ishonadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Holi dunyodagi eng qadimiy bayramlardan, u haqda sanskrit tilidagi manbalarda hamda hindlarning boshqa muqaddas yozuvlarida ham tilga olingan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ushbu bayram hind kalendariga ko‘ra yangi yilning boshlanish ramzi hisoblanadi. Rangli bo‘yoqlar bilan o‘tishi, shahar va qishloqlarning rang-barang bayramona bezatilgani nuqtayi nazaridan bayram Bo‘yoqlar festivali deb ham ataladi.

    An’anaga ko‘ra, bu kunda ommaviy sayl o‘tkaziladi va tanigan-tanimagan bir-biriga bo‘yoqli suv va kukun sepadi, bu harakat bahor kelgani bilan bir-birini qutlash, baxt-omad tilash hisoblanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shuningdek, festivalda gulxan yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi va bu bilan yovuz kuchlar quvilishiga ishoniladi. Gulxan yoqish marosimi Holika ismli iblisning Vishnu ma’budiga ishonmagani uchun yoqib yuborilgani bilan bog‘liq.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yana bir qiziq fakt, bahor ob-havosi tez-tez o‘zgarishi tufayli shamollashning oldini olish maqsadida shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, sepiladigan bo‘yoqlar tarkibiga shamollashga qarshi mahalliy dorivor giyohlar qo‘shilib, bayram bahona profilaktika qilib olinadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Festivaldagi har bir rang ma’lum ma’noni anglatadi: qizil — jo‘shqinlik, ko‘k esa Krishna, ya’ni e’tiqod va ruhiy kamolot, yashil — erkaklar kuch-quvvati, olovrang — quyosh, bilim va yangilanish, sariq — sog‘liq va tinchlik rangi hisoblanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Hududlarda bayram bilan bog‘liq afsonalarning turli versiyalari mavjud bo‘lsa-da, uning mohiyati bir narsaga asoslangan: Holi bu tabiatning uyg‘onishi demak va bu kunda barcha g‘am-tashvishlar, ginalar unutiladi, barcha bolalarcha quvonadi, el boshiga kelgan to‘y — istasa-istamasa, hamma raqsga tushadi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy, shuningdek, koronavirus singari tashvishlar ham unutiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Agar siz shu vaqtda Hindistonga tashrif buyursangiz, sizning diplomat yoki mashhur shaxs ekaningizdan qat’i nazar, kiyimingiz bo‘yoqlar bilan bejaladi va siz raqsga tushishga, quvonishga mahkumsiz.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Eng yorqin Holi Vrindavana, Matxura va Jaypurda bo‘lib o‘tsa, Dehli, Kalkutta va Mumbayda ushbu festival o‘ziga xosligi bilan yodda qoladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Tinimsiz yangraydigan raqsbop musiqa, yorqin ranglarning qorishmasidan kishilarda eyforiya kuzatiladi. Lekin bunday vaqtda e’tiborli bo‘lish, vaziyatni nazorat qilishni unutmaslik kerak bo‘ladi. Quyida Holida nimalarga e’tiborli bo‘lish kerakligiga to‘xtalib o‘tamiz:
    • ushbu kunda sizning nafaqat atrofingizdagi kishilar, balki uylar tomiga chiqib olgan bolalar ham bo‘yoqli suv sepishi mumkinligi nuqtayi nazaridan, mobil telefon, kamera hamda boshqa elektron uskunаlarni ko‘chaga olib chiqmaslik yoki sellofan bilan yaxshilab o‘rab olish kerak;
    • kim nima dardda deganlaridеk, bayramdan kissavurlar o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishi mumkinligini yodda tutgan va qimmatli buyumlarni mehmonxona yoki uyda qoldirgan ma’qul. Sumkalarni esa old taraftga taqib, qo‘l bilan ushlab olish zarar qilmaydi;
    • do‘kon va dorixona sotuvchilarining ham odam ekani, ularning ham zavqlanishga haqi borligini unutmagan holda, kerakli preparat va mahsulotlarni oldindan xarid qilib qo‘yish maqsadga muvofiq;
    • yangi, qimmat va mashhur brenddan olingan kiyimlaringizni kiya ko‘rmang, keyin sizga mehribon onajoningiz ham, kiyim-kechaklarni professional kimyoviy tozalash xizmatlari ham yordam bera olmasligi mumkin;
    • bo‘yoqlar ketishi qiyinligini hisobga olib, ko‘chaga chiqishdan avval teriga krem surtib olish tavsiya etiladi. Krem tarkibidagi yog‘ bo‘yoqni yuvishga oson bo‘lishini ta’minlaydi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Mavzuga doir:

    • Fotogalereya: Lotin Amerikasida O‘liklar kuni nishonlanmoqda
    • Xivada “Raqs sehri” xalqaro festivali yakunlandi (foto)
    • Qashqadaryoda Birinchi xalqaro anor festivali boshlandi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?