Daryo

Koronavirus sababli o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan olib ketildi

Olib ketilgan fuqarolarning barchasi yashash joyida 2 hafta davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish99 315 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bukhara News

Uzbekistan Airways koronavirus tarqalgani tufayli Umra safarini amalga oshirayotgan 244 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilarni charter reys bilan Saudiya Arabistonidan olib ketdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda 8-mart kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik farovonlik agentligi vakili ma’lum qildi.

Foto: Bukhara News

“Umra amalini bajarayotgan 244 nafar o‘zbekistonlik charter reys bilan Jidda shahridan Toshkentga olib ketildi. Barcha yo‘lovchilarning tan harorati ikki marta tekshiruvdan o‘tkazildi, koronavirus alomatlari topilmadi”, — degan agentlik vakili.

Qayd etilishicha, olib ketilgan fuqarolarning barchasi yashash joyida 2 hafta davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-mart kuni qirollikda koronavirusga chalinganlar soni 11 kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tarqalgani sababli Uzbekistan Airways 27-fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatgan edi. Bunga 25 ta davlat, jumladan, O‘zbekistondan kelgan turist va ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtinchalik man etilgani sabab bo‘lgan.

Kompaniya tomonidan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston fuqarolariga Saudiya Arabistonidan qaytib kelishi uchun bir nechta qatnovlar amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar