Daryo

O‘zbekistonda xitoylik sayyohlar soni keskin kamaydi

O‘zbekiston koronavirus epidemiyasi sabab xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi, biroq ularning o‘rnini boshqa davlatlardan keladigan sayyohlar hisobiga to‘ldirishi mumkinligi ta’kidlangan edi

1 daqiqa o‘qish50 274 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Spot

O‘zbekistonga 2020-yilning fevral oyida Xitoydan 705 nafar sayyoh tashrif buyurdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2019-yilning fevral oyidagi ko‘rsatkichdan 72,5 foizga kam (taqqoslash uchun, 2020-yil yanvar oyida ko‘rsatkichlar yaxshiroq va umidbaxsh edi).

Foto: Spot

Xitoylik sayyohlar soni koronavirus infeksiyasi tarqalayotgan bir vaqtda kamaygan. Xitoy fuqarolari uchun 2019-yil oxirida joriy etilgan vizasiz tartib hamon amalda, biroq ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q — fevral oyi boshida Uzbekistan Airways Xitoy (Pekin va Urumchi)ga muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatgan edi.

Spot’ning qayd etishicha, Xitoy O‘zbekistonning sayyohlik industriyasida muhim o‘rin tutadi. Masalan, 2019-yilda O‘zbekistonga 61,9 ming nafar xitoylik tashrif buyurgan — bu uzoq xorij mamlakatlaridan kelgan sayyohlar soni bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich.

O‘zbekiston koronavirus epidemiyasi sabab xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi, biroq ularning o‘rnini boshqa davlatlardan keladigan sayyohlar hisobiga to‘ldirishi mumkinligi ta’kidlangan edi. Mahalliy turistik biznes ham shundan umidvor, biroq kasallikning jahon bo‘ylab faol tarqalayotgani bu rejalarni amalga oshirishga xalal bermoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar