Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. 6-mart, juma kuni o‘zbekistonlik bokschi Bobousmon Boturov musobaqadagi ishtirokini boshladi.
-69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasini himoya qilayotgan sportchi Yangi Zelandiya vakili Roy Dominikka qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangda Boturov raqibini katta ustunlik bilan (5:0) taslim etdi.
6-mart kungi bahslarda shuningdek, Sanjar Tursunov (-91 kg) ham ringga ko‘tariladi. Uning jangi kechki dasturdan o‘rin olgan va taxminan 21:45 da boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)