• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi

    O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holatlari aniqlangan mamlakatlardan O‘zbekistonga kelgan fuqarolarni karantin va izolyatsiyaga olish to‘g‘risida qaror chiqargan. Qaror 27-fevralda imzolangan, biroq uning mazmuni haqida 4-martga kelibgina axborot berildi.

    Foto: Uzbekistan Airways

    Foto: Uzbekistan Airways

    Qarorga ko‘ra, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan holda kirib kelgan fuqarolar 14 sutkaga karantinga olinadi. Ularga karantin mobaynida karantinizatsiya joyini tark etishga ruxsat berilmaydi. Karantin tugagach (shifoxonadan chiqqach), 10 kun mobaynida tibbiyot xodimi tomonidan telefon orqali so‘rash o‘tkaziladi.

    Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Singapur, Ispaniya, Gonkong, Makao, Tayvandan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, uyushmagan holda kirib kelgan fuqarolar, agar oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, uy sharoitida izolyatsiya (uy karantiniga) olinadi. Bu fuqarolar 14 sutka davomida yashash joyida (uy, mehmonxona, yotoqxona va boshqa) doimiy ravishda izolyatsiyada bo‘lishi lozim, oila a’zolaridan tashqari kishilar bilan muloqotda bo‘lmasliklari, aholining ommaviy to‘planadigan joylariga borishiga ruxsat etilmaydi.

    Tailand, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malayziya, BAAdan kelgan fuqarolar, xususan, ekipaj a’zolari, lokomotiv brigadalari, temiryo‘l transporti faoliyati bilan bog‘liq shaxslar va xalqaro avtoulovlarda yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar yashash joylaridagi davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari tomonidan 14 kun mobaynida tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularga aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni mumkin qadar kamaytirish tavsiya qilinadi.

    Bahrayn, Kuvayt, Armaniston, Belarus, Ummon, Pokiston, Gruziya, Chexiya, Iroq, Livan, Kanada, Litva, Estoniya, Ruminiya, Gretsiya, Niderlandiya, Norvegiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiyadan kelgan fuqarolarning sog‘lik holati yuzasidan esa distansion monitoring olib boriladi — agar ularning oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, ulardan telefon orqali xabar olinadi. Ayni vaqtda, ularga ham aholi ommaviy to‘planadigan joylarga bormaslik, odamlar bilan muloqotni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

    Qaror ilovasida alohida ta’kidlanishicha, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Singapur, Ispaniya, Gonkong, Makao, Tayvandan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan yoki uyushmagan holda O‘zbekistonga kirib kelgan hamda shifoxonada yoki uy sharoitida karantinga olingan shaxslar tomonidan intizomni buzish holatlari kuzatilsa, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning uch baravari (4-mart holatiga ko‘ra — 669 ming so‘m)dan 5 baravari (1 million 115 ming so‘m)gacha jarima), Jinoyat kodeksining 195-moddasi (mansabdorlar tomonidan tabiiy atrof-muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik — kamida 22 million 300 ming so‘m jarima, ko‘pi bilan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi) va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish — kamida 11 million 150 ming so‘m jarima, ko‘pi bilan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.

    04.03.2020, 10:24   Izoh (0)   101791
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkin

    04.03.2020, 08:53

    O‘zbekistonda fevral oyida banan narxining keskin pasayganiga izoh berildi

    04.03.2020, 08:36

    Talabalarning ushbu o‘quv yili uchun kontrakt to‘lash muddati 20-martgacha uzaytirildi

    04.03.2020, 08:20

    TIV Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlariga murojaat qildi

    04.03.2020, 07:50

    Odamlardan yordam so‘rab videomurojaat qilgan 8 yoshli jizzaxlik bolaning uyiga senator tashrif buyurdi va holatni o‘rgandi (video)

    04.03.2020, 07:35

    Namanganga kirib kelgan xitoyliklar “do‘konlarda bozor-o‘char qilib yurgani” tasdiqlanmadi (video)

    04.03.2020, 07:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: 9-may Toshkentda qanday o‘tmoqda?

    O‘zbekiston | 9 may, 13:30

    Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 9 may, 13:22

    Shavkat Mirziyoyev Moskvada bir qator davlatlar rahbarlari bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 9 may, 13:15

    “Matritsa”dagi rolini rad etgan, halokatli sunamidan omon qolgan “ikkinchi Bryus Li” — xitoylik aktyor Jet Li hozirda nima bilan band?

    Layfstayl | 9 may, 13:12

    Jarima bali beriladigan qoidabuzarliklar ro‘yxati va ularga beriladigan ballar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 12:55

    Kim Kardashyan, Maykl Jordan va ota-onasi bilan uzoq vaqt birga yashagan boshqa mashhurlar

    Shou-biznes | 9 may, 12:43

    Jizzaxda paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 12:13

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 11:16

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.