Oliy o‘quv muassasalari talabalarining 2019/2020-o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-son bayoni bilan uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida:
- OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;
- xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020-yil 20-mart (jumladan shu kuni ham) etib belgilandi.
Izoh (0)