• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    G‘ijduvonda IIB xodimi tomonidan kaltaklangan advokat tuman prokurori ham javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidlamoqda

    “Buxoro adolati plyus” advokatlik firmasi advokati Maqsud Kamolov 2018-yil 25-dekabr kuni G‘ijduvon tuman Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) xodimlari tomonidan kaltaklanib, o‘rta og‘ir darajada tan jarohati olgan. Sud 2019-yil noyabrida bu ishni ko‘rib chiqib, IIB xodimi Tursunpo‘lat Saidovni aybdor deb topgan, biroq “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, advokat bundan qoniqish hosil qilmagan.

    Voqea qanday sodir bo‘lgan edi?

    “Buxoro adolati plyus” advokatlik firmasi advokati Maqsud Kamolov 2018-yil 25-dekabr kuni G‘ijduvon tumani IIO FMB tergovchisi B.Fayzullayevning chaqiruviga asosan himoyasi ostida bo‘lgan fuqarolarga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarida ishtirok etish uchun jamoatchi yordamchisi bilan G‘ijduvon tumani IIBga borgan. Shu kuni katta inspektor Tursunpo‘lat Saidov va jamoat tartibini saqlash guruhi inspektor-kinologi, safdor Abbos Zayniyev IIB binosi nazorat-o‘tkazish punktida navbatchilikda bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maqsud Kamolov Tursunpo‘lat Saidovga ma’muriy binoga uyali telefonini olib kirishi lozimligini, tergov harakatlarida foydalanmoqchi ekanini bildirgan. Biroq inspektor bu mumkin emasligini aytgan. O‘rtada kelishmovchilik kelib chiqib, inspektor advokatni nazorat-o‘tkazish punkti xonasiga tortib kiritib, kaltaklagan — o‘ng qo‘li bilan advokatning chap qovurg‘asiga uch marotaba va o‘ng oyog‘ining tizzasi bilan ko‘krak qafasiga bir marta tepib, qo‘lini orqaga qayirgan holda jismoniy qiynagan.

    Shundan so‘ng u advokatni engashtirgan holda tuman IIBning navbatchilik qismiga olib borgan va advokatni yetti-sakkiz nafar boshqa hamkasbiga topshirib, xizmat joyiga qaytgan. Maqsud Kamolov organ xodimlariga Tursunpo‘lat Saidov unga kuch ishlatganini aytgan. Voqeadan xabar topgan G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Nosirov va tergov bo‘limi boshlig‘i G‘.Adilov ulardan yarashishini so‘rab, advokatni tinchlantirishga uringan.

    Advokatning so‘zlariga ko‘ra, u o‘rta og‘ir darajada jarohat olganiga qaramay, tez yordam chaqirilmagan, ayni vaqtda uning xonadan chiqib ketishiga ham yo‘l qo‘yilmagan. Advokat Kamolov IIB xodimlari kuzatuvida tuman prokuraturasi tergovchisining xizmat xonasiga olib borilgan. Tuman prokurori: “Bu ichgan, tezda sud tibbiy ko‘rigidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarib, tuman tez yordam bo‘limidan narkolog chaqirib, tekshirtiring”, deya buyruq bergan.

    Oradan ancha vaqt o‘tgach, tez tibbiy yordam xizmati shifokori va hamshirasi kirib kelib, advokatning qon bosimini o‘lchab, dori bergan. Qon bosimi ko‘tarilavergach, advokat 6-7 nafar IIB xodimi hamrohligida G‘ijduvon tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Biroq shifokorlar unga og‘riq qoldirish uchun hech qanday muolaja qilmagan. IIB xodimlari esa advokatni narkolog ko‘rigidan o‘tkazishga uringan.

    Sog‘lig‘i yomonlashgan advokatni yaqinlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga olib borgan. Navbatchi jarroh va travmatolog tomonidan rentgen ko‘rigidan o‘tkazilgach, chap tomon 7, 8, 9-qovurg‘alari yopiq singanligi aniqlangan va ahvoli og‘irlashayotganligi sababli filialning 2-shoshilinch jarrohlik bo‘limiga statsionar davolanish uchun yotqizilgan.

    Tuman prokuraturasining harakatlari qanchalik asosli?

    Sud tibbiy ekspertizasi tomonidan IIB xodimi Tursunpo‘lat Saidov vakolatidan chetga chiqib, jismoniy kuch ishlatishda ifodalangan harakatlari bois, Maqsud Kamolovning chap tomon 7, 8, 9-qovurg‘alari yopiq sinishiga olib kelgan va badanga qasddan o‘rta og‘ir shikast yetkazilgan, degan tashxis qo‘yilgan.

    Oradan 23 kun o‘tgach, G‘ijduvon tumani prokuraturasi tergovchisi S.Odilov advokatni xizmat xonasiga chaqirtirgan va yetti nafar IIB mas’ul xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnomaga ko‘ra, unga tan jarohati yetkazilmaganini aytgan.

    Shuningdek, tuman prokuraturasi tergovchisi advokatning o‘zi mast holatda inspektor Tursunpo‘lat Saidovni haqorat qilgani va unga hech qanday tan jarohati yetkazmagani, bundan tashqari, G‘ijduvon tuman sudi tibbiy ekspertizasi eksperti Faxriddin Ahmedov tomonidan Tursunpo‘lat Saidovga nisbatan berilgan 263-sonli xulosa atayin bo‘rttirilganini aytgan.

    IIB xodimiga tayinlangan jazo

    Sudlanuvchi Tursunpo‘lat Saidov sudda o‘z aybiga iqror bo‘lmasa-da, uning aybi jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda sud majlisida o‘rganilgan obyektiv dalillar majmui bilan tasdiqlangan.

    Sud inspektor Tursunpo‘lot Saidovni Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi bilan aybli deb topgan va unga nisbatan oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan, Tursunpo‘lat Saidov bir yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida, ya’ni ichki ishlar idoralari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

    Advokat nimadan norozi?

    “Menga tan jarohati yetkazgan inspektorga nisbatan jazo qo‘llanildi. Biroq shu jinoyat ishini tergov qilish jarayonida G‘ijduvon tumani prokurori hamda uning yordamchilari, shuningdek, tuman IIB boshlig‘ining ikki o‘rinbosari, to‘rt mas’ul xodimi, ekspert va travmotologlar ham aslida jinoiy javobgarlikka daxldor, ular ham o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qildi”, — deydi advokat Maqsud Kamolov.

    Advokat bu borada Buxoro viloyati sudiga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.

    04.03.2020, 23:21   Izoh (0)   46492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yakkabog‘dagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi va bu maktabdagi yagona muammo emas

    04.03.2020, 22:53

    Qarshida begona ayol bilan ushlab olingan “uchastkavoy” mayor bo‘lib chiqdi. U 2018-yildayoq lavozimidan olingan

    04.03.2020, 22:38

    Qarshidagi maktabda 8-mart bahona 1-sinf o‘quvchilaridan 100 ming so‘mgacha pul yig‘ilmoqda

    04.03.2020, 22:22

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

    04.03.2020, 22:06

    Qashqadaryolik “bankir” fuqaro nomiga chiqqan chorva kreditini “yeb ketdi”. Fuqaro olmagan krediti uchun foiz to‘lamoqda

    04.03.2020, 21:52

    O‘zbekistonda fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma qabul qilish kutilmoqda

    04.03.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

    Go‘zallik | 20 iyun, 18:45

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Netanyaxu AQSHni Eron bilan urushga tortish uchun Trampni aldamoqda — OAV

    Dunyo | 20 iyun, 18:40

    Farg‘onada MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:28

    Buxoroda echkiemarga nos chektirgan fuqaroga jazo tayinlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:20

    Avtomobilning qaysi qismida eng ko‘p bakteriyalar to‘planishi ma’lum bo‘ldi

    Layfstayl | 20 iyun, 18:19

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.