3-mart, seshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.Shanxay metrosidagi niqob taqqan ayol.Foto: ReutersMavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 3-martning asosiy xabarlariMakkadagi musulmon ziyoratchilari. Saudiya Arabistoniga Erondan Bahrayn orqali kelgan podshohlik fuqarosida koronavirus aniqlangan.Foto: ReutersIroqdagi Duhok nazorat-o‘tkazish punktida harorati o‘lchanayotgan bola. Tojikiston koronavirusning oldini olish uchun mamlakatga kirishni taqiqlagan 35 ta davlat fuqarolari orasida Iroq ham bor.Foto: ReutersNiqob taqqan Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hukumat majlisida qatnashmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 5 mingdan oshib ketdi.Foto: AFPMavzuga doir: Janubiy Koreyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqdaGretsiyaning Lesbos orolidagi migrantlar.Foto: AP PhotoMavzuga doir: Fotoreportaj: Turkiya orqali Yevropaga yo‘l olgan qochoqlarDubayning eski shahar qismidagi turistlar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan. BAAda koronavirus bilan kasallanganlar soni 21 kishiga yetgan.Foto: ReutersTuristlar Indoneziyaning Yava orolidagi Merapi vulqoni otilishini kuzatmoqda.Foto: ReutersKoronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun vaqtinchalik shifoxonaga aylantirilgan Uxandagi sport arenasi.Foto: ReutersMavzuga doir: Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun juda tez qurilgan maxsus shifoxonalarning birinchisi yopildiIspaniya qirolichasi maneken yordamida yurak-o‘pka reanimatsiyasini amalga oshirish ko‘nikmasini namoyish etmoqda.Foto: EPANiqob taqqan turist Tokiodagi bog‘da daraxt gullarini suratga olmoqda.Foto: AP PhotoMavzuga doir: Tokio—2020 Olimpiadasi yil oxiriga qoldirilishi mumkinGermaniyaning Bremerxafen shahridagi hayvonot bog‘ida oq ayiq bolasi ilk bor omma oldiga chiqdi.Foto: “TASS”Hindistonning Haydarobod shahridagi Gandi shifoxonasida koronavirusda gumon qilinuvchilar uchun alohida lift ajratildi. Hindistonda 5 kishida koronavirus aniqlangan.Foto: AP PhotoRio-de-Janeyroda kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli suv toshqinlari va ko‘chkilar yuzaga keldi.Foto: ReutersXitoyning Szyansi provinsiyadagi bog‘chada dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.Foto: ReutersMavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdiPeugeot 208 xetchbeki Yevropada yilning eng yaxshi avtomobili deb topildi.Foto: ReutersMakkadagi Al-Harom masjidida niqob taqqan farroshlar polni artmoqda.Foto: ReutersMavzuga doir: Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqladiNepal poytaxti Katmanduda bahorning boshlanishi nishonlandi.Foto: “TASS”Tehronda koronavirusga chalingan bemor davolanmoqda. Dushanba kuni BMTning tibbiy ekspertlari koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Eronga keldi.Foto: AFPMavzuga doir: Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 2300 kishidan oshdiChilida hukumatga qarshi namoyish ishtirokchilari suv sepadigan mashinadan qochishga urinmoqda.Foto: ReutersHarbiylar Seul chetidagi kulbalarni dezinfeksiya qilmoqda.Foto: ReutersParijdagi moda haftaligida modellar kuz—qish mavsumi uchun Chanel kolleksiyalarini namoyish etmoqda.Foto: Getty ImagesAQShnin Neshvill shahridagi restoranning devori tornado tufayli qulab tushdi. Tornado tufayli Tennessi shtatida 7 kishi halok bo‘ldi.Foto: AP PhotoAvvalgi kunlarning fotogalereyalari: Koronavirus uchun tiz cho‘kib kechirim so‘ragan arbob, xitoyliklarni qabul qilgan Mirziyoyev, podiumdagi “sigir”. 2-martning eng qiziqarli suratlari Niqobdagi balet raqqosalari, Yevropaga oshiqayotgan qochoqlar, Qozog‘istondagi miting. 1-martning eng qiziqarli suratlari Koronavirusdan qo‘rqmaydigan Kim Chen In, duo qilinayotgan Tramp, niqobdagi konsert. Haftaning eng qiziqarli suratlari Xitoyga yordam yuborgan O‘zbekiston, koronavirus davridagi hayot, Saida va Ivanka. Fevral oyining eng qiziqarli suratlari
AQSh Federal zaxira tizimi 2008-yildan buyon birinchi marta bazaviy stavkasini rejadan tashqari pasaytirdi 03.03.2020, 22:52
Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Aeroportdagi tekshiruvlar bemorda kasallik belgilarini ko‘rsatmagandi 03.03.2020, 21:33
Koronavirusga qarshi kurashda AQSh ko‘magini rad etgan Eron Rossiyadan yordam so‘radi 03.03.2020, 17:18