Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari AQSHdan keyin Germaniya, Fransiya, Astraliya hamda Meksika unviversitetlarini ham qamrab oldi, deya Deutsche Welle xabar berdi.
3-may kuni Berlindagi Humboldt universitetida navbatdagi norozilk namoyishlari bo‘lib o‘tgan. 30 ga yaqin ishtirokchi universitetning bosh binosiga kirishni to‘sib qo‘ygan.
Universitet rahbari talabalarni agar ularning noroziligi tinch yo‘l bilan yakunlansa, muzokara uyushtirishni taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. Namoyishchilar Germaniyada taqiqlangan, Isroilga qarshi “Daryodan dengizgacha” shiorini aytishgan.
Isroilning Germaniyadagi elchisi Ron Prozor Gumboldt universitetidagi mitingdan g‘azabi chiqqanini bildirib, namoyishchilar yahudiylarga nisbatan nafrat va zo‘ravonlikni ulug‘laganini ta’kidlagan.
Biz gijgijlash, terrorchilik va zo‘ravonlikka toqat qilmasligimiz kerak, — deydi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
3-may kuni Fransiya poytaxti Parijda Sciences Po universitetida yuzga yaqin falastin tarafdorlari ish tashlash e’lon qilgan. Universitet onlayn rejimga o‘tgan va aksariyat binolar yopiqligicha qolgan.
Xuddi shu kuni Avstraliyada Falastin va Isroil tarafdorlari Sidney universitetida to‘qnash kelishgan. Keskin fikr almashinuvlarga qaramay, miting tinch yakunlangan.
Meksikada Falastin tarafdori bo‘lgan o‘nlab talabalar mamlakatning eng yirik universiteti bo‘lmish Milliy avtonom universitet yonida lager tashkil qilgan.
Izoh (0)