Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirus bilan kasallangan odamlar uchun juda tez fursatda qurib tugatilgan vaqtinchalik shifoxonalarning birinchisi yopib qo‘yildi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Shifoxona oxirgi bemorlar chiqib ketganidan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. Ushbu muassasa koronavirusga chalinganlarni davolash uchun qurilgan 16 ta vaqtinchalik shifoxonalarning eng kattasi hisoblanardi.
Kasalxona rahbari oyning oxirigacha qolgan shifoxonalar ham yopilishi rejalashtirilganligini bildirgan.
1-mart kuni koronavirus o‘chog‘i Xubey viloyatida 196 ta yangi kasallanish holati kuzatilgan. Infeksiya bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning kunlik o‘rtacha soni keskin kamaygan.
Xitoyning qolgan shaharlarida ham kasallanganlar soni borgan sari kamaygan va 2-mart holatiga ko‘ra, bor-yo‘g‘i 6 ta yangi holat qayd etilgan.
Mavzuga doir: