So‘nggi bir sutka ichida Xitoyda 47 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.
Vafot etganlarning 45 nafari Xubey provinsiyasidan, qolgan ikki holat esa Xenan va Pekinda qayd etilgan.
Shunday qilib koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 2835 kishiga yetdi. Mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni 79 ming kishidan oshgan, 39 ming bemor esa davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)