Polsha prezidenti Anjey Duda 25-fevral kuni o‘n uchinchi pensiya haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Polsha matbuot agentligi xabar berdi.
Prezident o‘n uchinchi pensiya 2020-yil uchun mo‘ljallangan eng kam pensiya miqdorida to‘lanishini ma’lum qildi. Bu qiymat soliqlar bilan birga 1200 zlotiyga (280 yevro) teng.
“Polshadagi iqtisodiy vaziyat yaxshi. Bosh vazir bilan maslahatlashib, o‘n uchinchi pensiyani joriy qilishga kelishdik. Endi u har yili aprel oyida to‘lanadi”, — deydi prezident Duda.
Shuningdek, Anjey Duda o‘n to‘rtinchi pensiya haqidagi qonun hukumat tomonidan qabul qilinganini va 2021-yildan boshlab to‘lanishini e’lon qildi. Prezident bu qonunni imzolashga tayyor ekanini aytgan.
Izoh (0)