• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi

    Italiya shimolidagi Lombardiya viloyatida yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga chalinish bo‘yicha 89 ta holat kuzatilgan. Bu haqda viloyat gubernatori Attilio Fontana SkyTg24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Mamlakatda ushbu kasallikka uchragan bemorlar soni yuz nafardan oshgani taxmin qilinmoqda.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Corriere della Sera nashri hisob-kitobiga ko‘ra, koronavirus Italiyaning jami beshta viloyatida qayd etilgan. Kasallanish holati mamlakatning beshta viloyatida kuzatilgan. Venetoda 17 nafar, Emiliya-Romanye va Latsioda ikki nafar, Pyemontda bir nafar odam koronavirusga yo‘liqqan. Shu tariqa butun mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 111 nafarga yetgan. Ikki nafar odam Veneto va Lombardiyada kasallik tufayli vafot etgan.

    Fontananing so‘zlariga ko‘ra, Lombardiyada karantinga taxmin qilingandan ancha ko‘p odam kiritiladi. Ushbu maqsadlarda Milandagi harbiy gospital hamda ishlamaydigan shifoxona va mehmonxonalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

    Italiya hukumati infeksiya mamlakatda tarqalgani tufayli favqulodda choralar ko‘rmoqda. Bosh vazir Juzeppe Konte koronavirus kuzatilgan viloyatdan boshqa viloyatga kirish va chiqishga taqiq qo‘yilgani, virus tarqalgan yerlarda maktablar hamda OTMlarda darslar bekor qilinganini ushbu choralar qatoriga kiritgan. Xususan, Milandagi maktablar kamida bir haftaga yopilgan, degan shahar hokimi Juzeppe Sala.

    Mavzuga doir: 

    • Rimda koronavirus tufayli xitoyliklarni haqorat qilgan o‘smir qo‘lga olindi
    • Rimda ilk marta Italiya fuqarosining koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi
    • Italiya yangi koronavirus tufayli Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi
    Corriere della Sera nashrining yozishicha, cheklovlar jami 11 ta munitsipalitetga taalluqli bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hududlarda jamoat transportining to‘xtashini taqiqlashni nazarda tututchi buyruq chiqargan. Fuqarolarda birinchi navbatdagi kerakli jihozlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida sterillangan tibbiyot buyumlari yo‘lagi tashkil qilinmoqda, ularga dorixona hamda do‘konlardan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Politsiya qo‘riqlaydigan yo‘nalishlarda himoya niqobi va qo‘lqop kiygan yetkazib beruvchilar ushbu yo‘laklarga kerakli mahsulotni keltiradi.

    Taqiqlarga rioya qilmaganlarga uch oygacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 206 yevro miqdoridagi jarima jazosi tayinlanishi mumkin. Veneto va Lombardiyada 23-fevralga rejalashtirilgan katta tadbirlar, jumladan, Italiya A Seriyasining “Inter”—“Sampdoriya”, “Atalanta”—“Sassuolo” hamda “Verona”—“Kalyari” uchrashuvlari boshqa muddatga qoldirilgan.

    Italiyada koronavirusning tarqalishi modelyer Jorjo Armanining (Armani kompaniyasi asoschisi) Milanda o‘tadigan moda haftaligi yopiq eshiklar ortida tomoshabinlarsiz o‘tadigan bo‘ldi. Vogue moda uyi axborot xizmati namoyishlarning “Armani.com” va brendning Facebook hamda Instagram’dagi sahifalarida translyatsiya qilinishini ma’lum qilgan. 23-fevral, yakshanba kuniga 8 ta moda uyining namoyishi, jumladan, Dolce & Gabbana taqdimoti ham o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo ularning o‘tish yoki o‘tmasligi tasdiqlanmagan. AP nashri Italiyadagi moda uylarining aksar qismi COVID-19 yangi pnevmoniyasi ushbu biznesga jiddiy zarar keltirishi mumkinligidan xavotirda, sababi Yevropa Ittifoqiga keluvchi xitoylik sayyohlar moda brendlari savdosining chorak qismini xarid qiladi. Italiya moda palatasi (CNMI) 2020-yil birinchi yarim yilligidagi daromad 2 foizga pastlashini taxmin qilgan.

    Mavzuga doir: AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 30 kishidan oshib ketdi

    Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.

    23.02.2020, 19:06   Izoh (0)   33319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: AQShda Yer yassi ekanligini isbotlamoqchi bo‘lgan ixtirochi qo‘lbola raketa parvozi chog‘ida halok bo‘ldi

    23.02.2020, 17:53

    Eron va Turkiya chegarasida zilzila yuz berdi. 7 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

    23.02.2020, 15:51

    AQSh Rossiyani koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda aybladi

    23.02.2020, 15:20

    Janubiy Koreyada koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi

    23.02.2020, 14:19

    Foto: Bu — koronavirus sabab huvillab qolgan Chjenchjou shahri ko‘chalari. Unda 10 million odam yashaydi

    22.02.2020, 20:26

    Uxandagi shifoxona, snayperdan qochayotgan askar, suv ostida qolgan qabrlar. Haftaning eng qiziqarli suratlari

    22.02.2020, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.