Italiya fuqarosining koronavirus bilan kasallanishi bilan bog‘liq ilk holat Rim shahrida qayd etildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Koronavirus 4-fevral kuni Xitoyning Uxan shahridan uyiga qaytgan italiyalikda aniqlangan.

O‘sha kuni harbiy samolyotda Uxandan 56 nafar Italiya fuqarosi olib kelingan. Ular Rim shahridagi Chekkin’ola harbiy shaharchasiga karantin uchun joylashtirilgan.

Uxandan qaytgan katta yoshli erkakda tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte jurnalistlarga yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishi ehtimoli tufayli tibbiy organlar zarur tekshiruv o‘tkazayotganligini tasdiqladi.

O‘tgan haftada Italiyada ikki nafar xitoylik sayyohda koronavirus aniqlangan edi. Ular hozirda Lazzaro Spallanzani kasalxonasida davolanmoqda.

Ma’lumot uchun, Italiya hukumati koronavirus tufayli 30-yanvardan Xitoy bilan aviaqatnovlarni bekor qilgan edi.