Turkiyada Eronning chegaradosh hududida ro‘y bergan zilzila oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Erondagi zilzila tufayli Van viloyatida 7 nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi. Ulardan to‘rt nafari bolalar edi. Yana 5 kishi jarohat oldi va kasalxonaga yetkazildi”, — dedi Soylu Haber Turk telekanali efirida.
Ma’lumot uchun, 5,7 magnitudali zilzila 23-fevral, yakshanba kuni, Eron shimoli-g‘arbida qayd etildi. Uning epimarkazi Tabriz shahridan 141 kilometr g‘arbda joylashgan.
Izoh (0)