• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Amerikaning irqchilik muammosini hal qiladigan yagona din islomdir”. Qora tanlilar huquqlari kurashchisi Malkolm X

    1965-yil 21-fevral kuni amerikalik inson huquqlari himoyachisi, siyosiy arbob Malkolm X nomi bilan tanilgan al-Hoji Malik ash-Shaboz o‘ldirib ketildi. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov  Malkolm X kimligi, nega o‘ldirib ketilgani, uning faoliyati qanday kechgani haqidagi savollarga an’anaviy tarix ruknida ma’lumot beradi.

    Oilasi

    AQShda qora tanlilar huquqlarini himoya qilib chiqqan faollardan biri bo‘lgan Malkolm X 1925-yil 19-may kuni Omaxa shahrida dunyoga kelgan. Otasi Erl Litl baptistlarning da’vatchilaridan bo‘lgan. Onasi esa Luiza Litl. Malkolmning ota-onasi ham Amerikadagi qora tanli fuqarolar huquqlari uchun kurashgan faollardan hisoblanadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1931-yil, olti yoshida Malkolm otasidan ayriladi. Otasi Erl Litl tramvay bosib ketishi oqibatida halok bo‘ladi. Ammo o‘sha paytda bu voqea qora tanli aholi orasida har xil shubhalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Keyinchalik Malkolm oilasining Ku-kuks-klanga aloqador Black Legion (qora legion) deb atalgan guruh a’zolari tomonidan ta’qibga uchraganini ma’lum qiladi. Onasi esa erining o‘limiga bardosh bera olmaydi: xasta bo‘lib qolishi oqibatida Michigandagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtiriladi va u yerdan 1963-yilga kelibgina chiqishga muvaffaq bo‘ladi.

    Oqlar orasida ta’lim olgan qora tanli

    Malkolm oq tanlilar orasiga integratsiyalashgan kam sonli qora tanlilardan edi. Sinfdoshlari ichida yetakchi bo‘lgan Malkolmning ta’limni tashlab ketishiga o‘qituvchisining qora tanlilar uchun advokat bo‘lishga yo‘l yo‘qligi haqidagi so‘zlari bo‘ladi. Chunki u advokat bo‘lishni orzu qilar edi. O‘qituvchisi u Qo‘shma Shtatlardagi tuzumning irqchilik qurboni bo‘lishini istamagani uchun ham uni bu fikridan qaytargan edi. O‘qituvchisi unga duradgor bo‘lishni taklif qiladi. Ammo buni rad etib, tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga harakat qilib ko‘radi. Bu ham natija bermaydi.

    Uzoq darbadarlik, qamoqqa tushishlardan keyin Bostonga, o‘gay opasining yoniga ko‘chib ketadi. 1942-yilda Boston jinoyatchilikka qadam qo‘yadi. Jinoyat olami kattalaridan biri bilan dushmanlik sababidan oq tanli Sofiya bilan Bostondan qochib ketishga majbur bo‘ladi.

    Jinoyat olamidagi faoliyati va qamoqqa olinishi

    1943-yildan 1946-yilgacha Boston va Nyu-Yorkka uch marta borib keladi. Bostondan qochib, Michigan shtatida biroz yashagandan so‘ng Nyu-Yorkka ko‘chadi. Temir yo‘lda ishlash bilan birga tungi klublar oldida oyoq kiyimlarni tozalovchi bo‘lib ishlay boshlaydi. U xotiralarida mashhur musiqachi Dyuk Ellingtonning oyoq kiyimlarini tozalaganini ham aytib o‘tgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Biroz muddatdan so‘ng Garlemda giyohvand moddalar savdosi, reketlik, o‘g‘rilik kabi jinoyatlarni qilib yuradi. 1946-yilda qamoqqa olingan Malkolm bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Jazo muddatining yetti yilini o‘taydi.

    Qamoqxonadagi ta’lim va “Islom ummati” bilan tanishuvi

    Katolik diniga nisbatan qattiq nafrati uchun Malkolm qamoqxonada Satan, ya’ni “Shayton” degan nom oldi. Shu davrda u qamoqxona kutubxonasidan foydalanib juda ko‘plab kitoblarni o‘qib bordi. Ta’lim haqida aytgan ba’zi fikrlarini uning faoliyatiga qiziqqan kishilar yozib qoldirganlar. Shulardan biri: “Ta’limsiz bu dunyoda hech qayerga borib bo‘lmaydi”. Yana bir fikrida u shunday deydi: “Ta’lim kelajak uchun pasport, chunki ertaning egasi, bugun tayyorgarlik ko‘rganlarnikidir”.

    Uning islom dini bilan ilk tanishuvi ham aynan qamoqxonada yurgan paytlariga to‘g‘ri keladi. Akasi Rejinald bilan qilgan muloqotlari chog‘ida Nation of Islam (Islom ummati) tashkiloti haqida xabar topadi. Tashkilotga a’zo aka-ukalarining tavsiyasi bilan u ham tashkilotga a’zo bo‘lib kiradi. O‘z vaqtida ushbu tashkilot Chikagoda asos solingan kichik bir jamoadan iborat edi. Tashkilotning uch asosiy g‘oyasi mavjud: islomning o‘ta progressiv shaklini targ‘ib qilish, qora tanli millatchilik va oq tanlilardan voz kechish. Jamiyat fikricha, oq tanlilar shaytonning Yer yuzidagi timsolidir.

    Muddatidan besh yil oldin ozod qilinishi kutilgan Malkolm hukumatdagilarning xavotirlari sababli qamoqda yana ozroq qolishga majbur bo‘ladi. Chunki uning mahbuslar orasida obro‘si juda yuqori edi. Shu sababli rahbarlar unda potensial xavf bor deb hisoblar edi.

    Ammo opasining sa’y-harakatlari Charleston qamoqxonasidan yaxshiroq va boy kutubxonaga ega bo‘lgan Norfolk qamoqxonasiga ko‘chiriladi. Keyinchalik qamoqxonada o‘tgan damlari haqida eslar ekan, Malkolm shunday degan edi: “Oylar o‘taverdi, lekin men o‘zimni qamoqxonadagidek his qilmay qo‘ygan edim. Chunki o‘sha paytgacha hayotimda bunchalik o‘zimni erkin his qilgan emasman”.

    1952-yil 7-avgust kuni Malkolm ozodlikka chiqdi.

    Nation of Islam

    Ozodlikka chiqqanidan keyin tashkilot rahbari Elayja Muhammad bilan uchrashish uchun Chikagoga boradi. Tashkilotga to‘liq a’zolik ham ana shu paytga to‘g‘ri keladi. Tashkilotga a’zo bo‘lgan Malkolm Litl bundan buyon o‘zini Malkolm X deb atay boshlaydi. Bu familiyani tanlashiga sabab qullik davri familiyasidan qutilish edi. Shuningdek, X noma’lumlik belgisi bo‘lib, uning haqiqiy afrikancha familiyasining noma’lumligini ham bildirib turardi. Undan keyin tashkilotga a’zo bo‘lgan ba’zi kishilar, shuningdek, rafiqasi Beti ham o‘zlariga X familiyasini tanlaydi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1953-yilda FQB unga qarshi ikkita xat yuzasidan ish ochadi. 1950-yilda yozilgan xatlarda u o‘zini kommunist deya e’tirof etgan edi. Bu voqea Red Scare (Qizillardan qo‘rquv) davriga to‘g‘ri kelgan edi. Maktublar orasida Malachi Shaboz imzoli maktublar ham bor edi. Tashkilot rahbari Elayja Muhammadning so‘zlariga ko‘ra Shaboz nomi Osiyoda yashagan qora tanli xalq nomidan olingan.

    Malkolmning kommunistligi borasidagi da’vo o‘zining isbotini topmaydi. Ammo uning irqchi tashkilotga a’zo ekani surishtiruvlarga sabab bo‘ladi. 1953-yilda FQB uni paranoik deb e’lon qiladi.

    Shu yili Chikagoga ko‘chib kelgan Malkolm tashkilotning eng muhim shaxslaridan biriga aylanadi. Juda ko‘p kitob o‘qir, kam uxlar edi. Ommani o‘ziga qarata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan Malkolm televideniyedagi tashkilot faoliyatiga bag‘ishlangan “Nafrat yaratgan nafrat” dasturidan so‘ng butun mamlakatga taniladi. Uning chiqishlari, maqolalari, nutqlari butun AQSh matbuoti, radiosi va televideniyesida namoyish etiladigan bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay u butun dunyoga taniladi. 500 kishidan iborat tashkilot a’zolari Malkolmning harakatlari tufayli 1963-yilda 30 ming kishiga yetadi.

    Uning oq tanlilarga nisbatan nafrati o‘ta keskin edi. Fruit of Islam nomli qurolli tashkilot ham tuzib, 1957-yilda bir politsiya idorasi va shifoxonaga hujum uyushtiradi. Kennedining o‘limidan xursand bo‘lgani ham uning chiqishlaridan ma’lum.

    Muhammad Ali va Fidel Kastro bilan aloqalari

    1964-yil 25-fevral kuni afsonaviy Kassius Kley o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazayotgan edi. Raqib Sonni Liston. Ring chetida esi uning do‘sti Malkolm X kuzatib turardi. Jangning 7-raundigacha ochkolar bo‘yicha ortda borayotgan Kley ushbu raundda raqibini nokautga uchratib g‘alaba qozonadi. Shunda Malkolm Kleyda bir ilohiy kuch sezadi. Jangning ertasi kuni odatiy matbuot anjumanida Kassius Kley islomni qabul qilganini e’lon qiladi va ismini Malkolm X hurmatidan Kassius X’ga o‘zgartiradi. Shu yili Nation of Islam’ga a’zo bo‘ladi va tashkilot rahbarining tavsiyasi bilan ismini Muhammad Aliga almashtiradi. Keyinchalik Malkolmning tashkilot bilan aloqalarini uzib, uning sunniylik mazhabiga o‘tib ketganini qoralagan Alining o‘zi ham uning ortidan tashkilotdan chiqadi va sunniylikka o‘tadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1960-yilgi BMT sessiyasida qatnashish uchun kelgan Kuba inqilobiy qo‘mitasi raisi Fidel Kastro unga tayyorlab qo‘yilgan mehmonxonaning to‘lov pulini oldindan talab qilishi ortidan Garlemdagi boshqa mehmonxonaga ko‘chadi. U yerda uni Afrikadan keladigan qora tanli davlat delegatsiyalarini qabul qilish guruhi rahbari bo‘lgan Malkom X kutib oladi. Uning Kastro bilan uchrashuvi shu tariqa yuz beradi.

    Tashkilotdan chiqishi va an’anaviy sunniy mazhabiga o‘tishi

    60-yillar boshida Malkolm va Elayja Muhammad orasiga sovuqchilik tusha boshlaydi. Bunga sabab qarashlarining qarama-qarshi tus ola boshlashi edi.

    Fundamental qarama-qarshilik siyosiy sabablar ila yuzaga keladi. Malkolm siyosiy kurashlar bilan dinni qorishtirmaslik va boshqa musulmon bo‘lmagan qora tanlilar bilan birlashish tarafdori edi.

    Ikkinchi sabab axloqiy qarashlar edi. Elayja Muhammadning o‘z kotibalari bilan jinsiy munosabatlari haqida gap-so‘zlar urchiy boshlaydi. Hatto uning o‘g‘li Vorisiddin Muhammad otasining olti nafar kotibasini homilador qilgani haqida do‘sti Malkolmga aytib beradi. Zino tashkilot ta’limotiga zid edi.

    Gap-so‘zlar o‘z tasdig‘ini topadi. Elayja Muhammad xudo yuborgan payg‘ambar ekanini va qolganlarga tegishli qoidalar unga tegishli emasligini aytish bilan qilmishlarini tasdiqlaydi.

    Uchinchi qarama-qarshilik din tufayli edi. Endi Malkolm Vorisiddin Muhammad tufayli an’anaviy sunniy islomga qiziqa boshlaydi. Qamoqdaligida qiziqishi boshlangan bu yo‘nalish Elayja Muhammad da’vatlari bilan unutilib ketgan edi.

    Bulardan tashqari, manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani haqidagi qarashlar ham mavjud.

    Shunday qilib, 1964-yil 8-mart kuni Malkolm X tashkilotdan chiqqanini rasman e’lon qiladi.

    An’anaviy sunniy yo‘nalishiga o‘tganidan keyin Malkolm 1964-yil 13-aprel kuni Makka shahriga Haj safariga otlanadi va u yerdan Malik Shaboz bo‘lib qaytadi. Shundan keyin uning rafiqasi va farzandlari Shaboz familiyasini oladi.

    Makkadan qaytganidan keyin u Nation of Islam’ning oq tanlilarga qarshi irqchilik siyosatini qoralaydi. Haj safari haqida so‘zlar ekan, u shunday deydi: “U yerda dunyoning turli burchaklaridan kelgan o‘n minglarcha odam bor edi. Barcha turdagi odamlarni ko‘rdim, oqdan tortib afrikalik qoragacha. Men u yerda Amerikada ko‘rishga ishonmagan oqlar va qoralar o‘rtasidagi birlik, birodarlikni ko‘rdim. Amerika islomni tushunishi kerak. Chunki uning irqchilik bilan bog‘liq muammolarini hal qilib beroladigan yagona din bu islomdir”.

    Shunga qaramay, u Amerikada qora tanli fuqarolar huquqlari uchun kurashda davom etdi. Shunday kurashlar yo‘lida yangi bir tashkilot tuzdi. 1964-yil 28-iyunda Organization of Afro-American Unity tashkilotini tuzdi. Ammo bu tashkilot uning o‘limidan so‘ng tarqalib ketdi.

    Vafoti

    Nation of Islam va Malkolm o‘rtasidagi taranglik kuchayib boraveradi. Hatto uning uyiga bomba tashlab ketishadi.

    Shunday xurujlardan tirik qolgan Malkolm 1965-yilning 21-fevral kuni Garlemda 400 kishi oldida nutq so‘zlab turgan paytida noma’lum shaxslar tomonidan otib ketiladi. Uni o‘ldirganlar kim ekani noma’lumligicha qoladi. Barcha shubha Nation of Islam tashilotiga tushadi. 1966-yilda tashkilotning uch nafar a’zosi: Norman 3X Batler, Tomas 15X Jonson va Talmaj Xayerlar aybdor deb topiladi. Ammo tashkilot buni tan olmaydi. Qora tanlilar huquqlari himoyachilari daholaridan biri Martin Lyuter King uning o‘limini “katta fojia” deb ataydi va “dunyo yirik bir potensial lideridan ayrilganini” aytadi.

    Malkolmning olti nafar  qizi bo‘lib, uning qabri Nyu-Yorkning Vestchester grafligidagi Fernklif qabristonida, rafiqasi Beti Shaboz bilan yonma-yon joylashgan.

    21.02.2020, 09:45   Izoh (0)   103758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.