• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga to‘ylarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kiritilishi kutilmoqda

    To‘y-marosimlarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin. Bu haqda 18-fevral, seshanba kuni, AOKAda bo‘lib o‘tgan “To‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorning joylarda ijrosining tashkil etilishi masalalari” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

    Foto: Protoday

    Foto: Protoday

    Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayevning ta’kidlashicha, 2019-yil 14-sentabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Mazkur qaror hamda u bilan tasdiqlangan nizom 2020yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Endilikda oilaviy tadbirlar belgilangan qat’iy talablar asosida o‘tishi lozim.

    Mavzuga doir: 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda to‘ylar yangi tartiblar bo‘yicha o‘tkaziladi. Asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?

    “Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Ular qonun loyihasini tez kunlarda Senatga beradi va u Senatda tasdiqlanadi. Loyihada to‘y, oilaviy tantanalar va ma’rakalar o‘tkazish tartibini buzgan shaxslar hamda marosim o‘tkazilgan joy egalari jarimaga tortilishi belgilangan.

    Tartibni buzganlar jazosiz qoladigan bo‘lsa, baribir yana o‘sha dabdabali marosimlar o‘tkazishda davom etaveradi. Qo‘shma qarorga asosan, tasdiqlangan nizom barchaga barobar. Biz nizom bo‘yicha ish olib boramiz. Kodeks tasdiqlangach, tartibni buzganlarning hammasi — u hokim bo‘ladimi, oddiy ishchimi yoki san’atkormi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma qarori — bu qonunga teng. Shu qonun bo‘yicha ham ish yuritiladi. Unga bir qator vazirlik va idora rahbarlari mas’ul”, — dedi Baxtiyor Sayfullayev.

    Tadbirda aytilishicha, qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida parlament kengashlari Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tashkil etish va uni o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlari raislari va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish tartibi” ishlab chiqildi.

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi tomonidan 2019-yil oktabrida “To‘y, marosim va ma’rakalarni me’yorida o‘tkazish haqida fatvo” loyihasi tayyorlandi.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yil oktabrida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzish” deb nomlangan yangi moddani qo‘shish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan edi.

    Agar qonun muhokama uchun e’lon qilingan tahririda qabul qilinsa, u holda To‘y va marosimlar o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni buzgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari (1-yanvar holatiga ko‘ra, 2,23 million so‘m), marosim o‘tkazilgan joy egalari esa 30 barobari (6,69 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

    Mavzuga doir: 1-yanvardan to‘y-hashamlar to‘g‘risidagi qaror kuchga kirdi

    O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova to‘ylarni namunaviy o‘tkazish bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqishni taklif qilgan edi. Keyinroq o‘sha vaqtdagi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev o‘z o‘rinbosarining fikrini noto‘g‘ri deb baholab, to‘ylarni bir xil ssenariy asosida o‘tkazib bo‘lmasligini aytgan. Sobiq senator Iqbol Mirzo esa dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerakligini ta’kidlagan edi.

    Avvalroq Samarqandda kelin-kuyov dabdabali to‘ydagi qarzlarni to‘lash uchun Rossiyaga ishga borib, o‘sha yerda ajrashib ketgani haqida xabar berilgan edi.

    18.02.2020, 21:56   Izoh (0)   52593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FHDYo organlari 2020-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari agentligining tasarrufiga o‘tadi

    18.02.2020, 21:42

    Surxondaryodan Ohangaronga turmushga chiqqan kelin 3 yildan buyon qidirilmoqda (video)

    18.02.2020, 21:28

    O‘zbekistonda yoshlar qatlamini 18 dan 35 yoshgacha qilib belgilash taklif qilinmoqda

    18.02.2020, 21:12

    Bloger Otabek Nuritdinov masjid yaqinida aroq sotilayotganini tanqid qilgani uchun kaltaklandi

    18.02.2020, 19:07

    Namanganda maktablarga 1,3 mlrd so‘mlik musiqa asboblari topshirildi

    18.02.2020, 18:37

    Jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ilk marotaba bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi ochildi (foto)

    18.02.2020, 18:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.