Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Adliya vazirligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritish borasidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Unda “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzish” to‘g‘risidagi 192-1-moddaga qo‘shimcha kiritish taklif qilinmoqda. Jumladan:

  • To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga mazkur tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan rioya etmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
  • To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni buzish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
  • Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hozirda bazaviy hisoblash miqdori 223 ming so‘mni tashkil etadi.Eslatib o‘tamiz, senatbr oyida Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?