Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i, polkovnik Olimjon Saidov Qashqadaryo viloyatida bo‘lib yo‘lovchi tashuvchi uyushma rahbarlari, haydovchi kadrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati

Respublikadagi YPX inspektorlari boshlig‘i Olimjon Saidov dastlab, Kitob tumanida joylashgan “Mingchinor” muntazam YPX maskanida bo‘lib, maskanda xizmat olib borayotgan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan. Xodimlarga qulayliklar yaratish yuzasidan taklif bergan.

Foto: Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati

So‘ngra, viloyat IIB YHXB YPXB 2-YPXO 1-safarbarlik guruhi YPX inspektori safdor Mansur Ro‘ziqulov xonadonida bo‘lib, xodimning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashib oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishgan.

— Respublika YHXBB boshlig‘i polkovnik Olimjon Saidov Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish uchun IIB YHXB 1-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasiga bordi, — deydi Javlon Baxtiyev. — Milliy haydovchilik guvohnomasi hamda avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunalariga almashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, fuqarolarga yaratishgan shart-sharoitlarni ko‘rib chiqdi.

Foto: Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Qashqadaryo IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati

Tashrif davomida viloyat IIB YHXB shaxsiy tarkib va ularning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari bilan o‘chrashuv o‘tkazilib, o‘tgan yilda xizmatda erishgan yutuqlari uchun 9 nafar YPX inspektorining ota-onalariga tashakkurnoma e’lon qilinib, xodimlar qimmatbaho sovg‘a va kitoblar bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida viloyatdagi yo‘lovchi tashuvchi uyushma rahbarlari bilan suhbat tashkil etilib, tizimdagi muammolarni bartaraf etish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash borasida fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil sentabr oyida Qarshi tumanida ikki Damas to‘qnashib, kelib chiqqan yong‘in natijasida 10 nafar yo‘lovchidan 5 nafari vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)