2021–2027-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, 2021–2027-yillarda Respublika bo‘yicha jami 3561 ta lift ulardan 90 tasini kapital ta’mirlash va 3471 tasini yangisiga almashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan raqam hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4;
- Andijon viloyati – 22 ta;
- Buxoro viloyati – 10 ta;
- Jizzax viloyati – 6 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 6 ta;
- Navoiy viloyati – 134 ta;
- Namangan viloyati – 4 ta;
- Samarqand viloyati – 157 ta;
- Surxondaryo viloyati – 9 ta;
- Toshkent viloyati – 5 ta;
- Farg‘ona viloyati – 30 ta;
- Xorazm viloyati – 12 ta;
- Toshkent shahri – 3162 ta;
Izoh (0)