“Yunusobod dehqon bozori” “bozorqo‘m”ining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “bozorqo‘m”ning sobiq o‘rinbosari tadbirkor F.N.dan bozor hududida uchta do‘kon ochish va oltita muzlatgich o‘rnatishi uchun 34 ming dollar pora so‘ragan. Tadbirkor so‘ralgan pullarni bergan, biroq “bozorqo‘m”ning sobiq o‘rinbosari va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)