Qashqadaryodagi Damas’lar to‘qnashuvida 5 kishi halok bo‘lgan. YTH oqibatida har ikki mashina yonib ketgan
“Qarshi—Shahrisabz” yo‘lida 25-sentabr kuni to‘qnashib, yonib ketgan ikki Damas avtomobillarida jami 10 kishi bo‘lgan, ularning besh nafari voqea joyida halok bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, YTH oqibatida omon qolganlarning bari (besh kishi) Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga yotqizilgan.
Qayd etishlaricha, jabrlanuvchilarning bir nafari — voyaga yetmagan — o‘ta og‘ir ahvolda; ikki nafari og‘ir, yana ikki nafari esa o‘rtacha og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Ularga barcha zarur tibbiy yordam berilmoqda.
Mavzuga doir: Qashqadaryoda ikki Damas to‘qnashdi. YPX xodimi yonayotgan Damas’dan yo‘lovchilarni olib chiqdi, qurbonlar bor (video, foto)