Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega shaxslar toifasini kengaytirish taklif etilmoqda. Bu haqda 2020-yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga jismoniy va yuridik shaxslar, Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarini kiritish nazarda tutilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun masalalarni kiritish huquqiga ega:
- Oliy Majlis palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Ombudsman;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi;
- deputatlar guruhi — Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismi;
- senatorlar guruhi — senatorlar umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismi;
- Oliy sud;
- Bosh prokuror.
Izoh (0)