Ispaniya futbol federatsiyasi mamlakat Kubogi finaliga mezbonlik qiladigan joy nomini ma’lum qildi.
Keyingi to‘rt yillikda Kubok finalini Sevilyadagi Olimpiya stadioni o‘zida qabul qiladi. Arena 57 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
Ushbu huquq uchun Sevilyadan tashqari “Atletiko”ning uy stadioni “Vanda Metropolitano” ham da’vogar bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Sevilyadagi stadiondan juda kam foydalaniladi. Shahar hukumati o‘yingoh infrastrukturasi uchun 15 million yevro ajratishni maqsad qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)