Germaniya Kubogining 1/8 final bosqichida “Bavariya” 5-fevral, chorshanba kuni “Hoffenhaym” bilan bahs yuritdi va g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar Jerom Boatengning avtogolidan keyin oldinga o‘tib oldi. 12-daqiqada esa Benyamen Hyubner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Tanaffusga qadar Tomas Myuller va Robert Levandovski hisobni myunxenliklar foydasiga o‘zgartirdi.
80-daqiqada polshalik hujumchi dublini nishonladi. O‘yin yakunlanishi arafasida Moanes Dabur ikkita to‘p kritib farqni minimal darajaga olib keldi.
Mazkur g‘alabadan keyin myunxenliklar chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Germaniya Kubogi
1/8 final bosqichi
5-fevral, chorshanba
“Bavariya” — Hoffenhaym” 4:3
Gollar: 0:1 – 8, avtogol Boateng, 1:1 – 12, avtogol Hyubner, 2:1 – 20 Myuller, 3:1 – 36 Levandovski, 4:1 – 80 Levandovski, 4:2 – 82 Dabbur, 4:3 – 90+2 Dabbur.“Bavariya”: Noyer, Alaba, Boateng (Odriosola, 83), Pavar, Kimmix, Koutinyo, Devis, Tolisso, Gnabri, Levandovski (Zirkzeye, 81), Myuller (Kyuizans, 81).
“Hoffenhaym”: Pentke, Hyubner, Akpoguma, Kaderjabek, Nordtveyt, Grillich (Lukas Ribeyro, 71), Suber, Bruun Larsen (Baumgartner, 71), Rudi, Bebu (Dabbur, 61), Kramarich.
Ogohlantirishlar: Nordtveyt (31), Tolisso (39), Pavar (55), Alaba (84).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)