• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 5-fevralning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    • Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni 24 324 kishiga yetgan.
    • Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan infeksiyalanganlar 20 630 (Xitoyda 20 471 kishi) kishini tashkil qilib, 20 dan ortiq mamlakatda 159 holatda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar berdi.
    • 490 kishi virus qurboni bo‘lgani ma’lum qilingan.
    5-fevral, chorshanba kuni, shifokorlar kasallikka chalingan yana 3 887 kishini aniqlagan. Qayd qilinishicha, 862 nafar bemor to‘liq davolanib, shifoxonadan qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 3 219 kishi og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

    Foto: YouTube

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekiston iqtisodiyoti yaqin kelajakda qiyin sharoitlarga duch kelishi mumkin. Bu ma’lumot Fitch Solutions kompaniyasining sharhida keltirilgan. Tahlilchilarning fikricha, 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining real o‘sishi 5,4 foizgacha pasayadi. Buning sababi tashqi cheklovlar, jumladan, Uxandagi koronavirusning tarqalishi bo‘lib, bu Xitoyning o‘sish istiqbollari uchun, ayniqsa, savdo va importga bo‘lgan talab nuqtayi nazaridan jiddiy xavf tug‘diradi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston eksportining eng katta ulushi aynan Xitoyga to‘g‘ri keladi.

    Foto: “China-uz-friendship.com”

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi Xitoydan 2 va 4-fevral kuni olib kelingan 157 nafar hamda 251 nafar o‘zbekistonlik to‘g‘risida ma’lumot berib, Pekindan qaytganlarda koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi.

    Foto: “RSES.uz”

    5-fevral, chorshanba kuni, Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan yana 84 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 84 nafar o‘zbekistonlik orasida 5 nafar Qozog‘iston fuqarosi ham borligini ma’lum qildi. “Qozog‘iston tomonining iltimosiga ko‘ra, bugun tunda Xitoyning Uxan shahridan Rossiya va O‘zbekistonning maxsus bortlarida 8 nafar Qozog‘iston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Besh nafar fuqaro Toshkent shahrida ikki hafta davomida shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi, qolgan uchalasi Tyumen shahrida bo‘lishadi”, — deyiladi xabarda.

    O‘zbekistonliklar koronavirusdan qanday himoyalanmoqda? Toshkent ko‘chalarida yosh-u qarining niqob taqib yurganini ko‘rish mumkin. “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman o‘zbekistonliklarning koronavirus bilan kurashayotgani aks etgan fotojamlanma tayyorladi.

    Foto: “Daryo”

    Jahondagi vaziyat

    Xitoyda misga nisbatan talabning qisqarib borayotgani sabab dunyo bozoridagi mis narxi oxirgi 13 kun davomida pastlab bormoqda. 4-fevral, seshanba kuni, Brent turidagi neft narxi 13 oy mobaynidagi eng past ko‘rsatkichga tushib, bir barrel narxi Londonning ICE birjasida 54,7 AQSh dollarigacha pasaygani, narx tushishiga esa koronavirus sabab bo‘lgani xabar qilingandi.

    Yanszi daryosi yaqinidagi Uxanga olib boruvchi tunnel

    Yanszi daryosi yaqinidagi Uxanga olib boruvchi tunnel
    Foto: Reuters

    Moody’s xalqaro reyting agentligi ekspertlari Xitoy hukumati tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan keskin choralar spirtli ichimliklar savdosining qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.  Ekspertlar aholisi ko‘p millionli shaharlarning karantin uchun yopilishi, Xitoyga keladigan sayyohlar va chet davlatlariga boradigan xitoyliklarning kamayishi, aviareyslar bekor qilinishi spirtli mahsulotlarga bo‘lgan talabga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda.

    Rosselxozbank sohaviy ekspertiza markazi mutaxassislariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning tarqalishi Rossiyada sarimsoqning taqchil bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya tufayli Rossiya savdo tarmoqlari Xitoy mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatgan.

    Koronavirusning tarqalishi sabab Gonkong va Shanxaydagi ko‘ngilochar bog‘lari ikki oyga yopiladigan The Walt Disney Company 175 million dollar zarar ko‘radigan bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Koronavirusning tarqalishi fonida KXDR hukumati xorijiy davlatlar diplomatlariga mamlakatga kirish va chiqishni taqiqlab qo‘ydi. “O‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, mamlakatga kelgan bo‘lsangiz, Pxenyanga kirish punktlaridagi 15 kunlik karantin tugaganidan keyin ruxsat etiladi”, — deyiladi hukumatning rasmiy xabarida.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa 2019-nCoV koronavirusi tarqalishi pandemiya, ya’ni dunyo miqyosidagi kuchli epidemiya deb tan oladigan darajaga yetmaganini bildirib, yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun yaqin uch oyda 61,5 million dollar kerak bo‘lishini ma’lum qildi.

    Qozog‘iston moliya vaziri Alixan Smailov mamlakat koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun 3,5 milliard tenge (9,2 million dollar) ajratgani haqida ma’lum qildi. Ajratilgan mablag‘lar Xitoydan Qozog‘iston fuqarolarini evakuatsiya qilish, tibbiy uskunalar, teplovizorlar va boshqa dori-darmonlar sotib olishga yo‘naltiriladi.

    Xitoylik virusologlar infeksiya qo‘zg‘atuvchi koronavirusning genlarini o‘rganib, uning 2003-yilda butun dunyoga tarqalgan SARS atipik pnevmoniyasining “yaqin qarindoshi” degan xulosaga keldi. Uxandagi koronavirus DNKsi 17 yil muqaddam 700 dan ortiq odamning halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan og‘ir o‘tkir respirator sindrom —SARS’ning genetik kodi bilan 80 foizga o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. “Koronavirusning avj olishi hayvonlardan odamga yuqadigan viruslar juda xavfli kasalliklar keltirib chiqarishini ko‘rsatib qo‘ydi”, — deydi olimlar.

    Foto: “RIA Novosti”

    Xitoyda koronovirus tarqalayotgan payt Saudiya Arabistoni va Vyetnamda yuqori patogenli parranda grippining tarqalish holati qayd etildi. Saudiyada kasallikdan 22,7 ming parranda nobud bo‘lgan, Vyetnam shimolida, Xitoy bilan chegara yaqinida joylashgan qishloqda parranda grippidan 2,2 mingta parranda o‘lgan. Avvalroq, Xitoyda, koronavirus epimarkazi yaqinidagi hududda parranda grippi tarqalgani haqida xabar berilgandi.

    Janubiy Koreyada epidemiya bilan kurashish bo‘yicha shtab boshlig‘i Chon In Gyonning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusdan tuzalgan ilk bemorga 5-fevral, chorshanba kuni, uyiga javob berildi. Koronavirus bilan kasallangan ushbu bemor 13 kun deganda tuzaldi.

    Avstriyaning Zalsburg shahrida esa koronavirusga chalinganlikda gumonlangan bemor kasalxonadan qochib ketdi. 31 yoshli ayol vrachlar uni tekshirib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizgandan keyin qochib ketgan. Politsiya uni uydan topib, yana kasalxonaga keltirgani aytilmoqda.

    Xitoy hukumati mamlakatda tarqalgan koronavirus sabab favqulodda holat e‘lon qilmagan bo‘lsa ham, hukumat Yangi yil ta’tillarini uzaytirgan, ishlab chiqarish korxonalarining aksariyati yopilgan, fuqarolardan ko‘chib yurmaslik va boshqa odamlar bilan muloqotga kirishmaslikni so‘ramoqda. Shaharlarning ko‘chalari huvullab qolgan. Mazkur havola orqali bo‘m-bo‘sh ko‘chalarning suratlari jamlanmasini ko‘rish mumkin.

    05.02.2020, 20:51   Izoh (0)   171450
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev tashqi savdo jarayonidagi muammolar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    05.02.2020, 19:19

    O‘zbekistonga Uxan shahridan 5 nafar qozog‘istonlik ham evakuatsiya qilindi

    05.02.2020, 19:03

    O‘zbekistonda “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilanadi

    05.02.2020, 18:48

    O‘zbekistonda 6-fevral kuni havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    05.02.2020, 18:33

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” yer usti metro liniyalarining ishonchliligi haqidagi shubxalarga munosabat bildirdi

    05.02.2020, 18:02

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev yuqori idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid choralari kutilgan natijani bermayotganini ma’lum qildi

    05.02.2020, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH 12 kunlik urushdan keyin ilk bor Eron neftiga sanksiya kiritdi

    Dunyo | 4 iyul, 10:16

    “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 10:09

    Ukraina yuqori martabali rossiyalik zobitni o‘ldirdi

    Dunyo | 4 iyul, 09:31

    O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 4 iyul, 09:25

    Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs qabristondan topildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 09:14

    Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

    Dunyo | 4 iyul, 09:03

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.