Xitoyda koronavirusning tarqalgani Rossiyada sarimsoqning taqchil bo‘lib qolishiga turtki berishi mumkin. Rosselxozbank sohaviy ekspertiza markazi mutaxassislari shunday xulosaga kelgan. Ular bergan ma’lumotga ko‘ra, epidemiya tufayli Rossiya savdo tarmoqlari Xitoy mahsulotlarini rad etishni boshlagan. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar berdi.

Foto: “Ntv.ru”

Rossiya Xitoydan eng ko‘p miqdorda import qiladigan beshta mahsulot bu — sitrus mevalari, muzlatilgan baliq va sabzavotlar, xususan, tomatlar, piyoz hamda sarimsoq hisoblanadi. Eng keskin vaziyat aynan sarimsoq qabul qilib olish yo‘nalishida foiz ulushi yaqqol yetakchilik qilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, aholi sarimsoqdan shamollash kasalliklarini profilaktika qilishda foydalanadi, – degan Rosselxozbank sohaviy ekspertiza markazi rahbari Andrey Dalnov.

Sarimsoqning umumiy importi 50 ming tonna atrofida, yalpi terim 260 ming tonnani tashkil etadi, ya’ni mamlakatdagi asosiy sarimsoq hajmi yollanma va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladi.

“Bu amalda Xitoydan sarimsoq import qilishdan voz kechsak ham mahsulot tarmoq do‘konlaridan yo‘qolib qolmasligini anglatadi”, – deya tushuntirgan Dalnov.

Rossiyada sarimsoq ishlab chiqarish 2021-yilga borib o‘sishi mumkin, ushbu davrda boshqa davlatlardan mahsulot import qilish kelishuviga qisman erishish mumkin. Shu tariqa ekspert kutilmagan vaziyat tufayli mamlakatda mahsulot taqchilligi kuzatilishi mumkinligini bildirgan.

Yangi koronavirus Xitoyning Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyida tarqalgan. Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 20 438 nafardan, halok bo‘lganlar esa 420 nafardan oshib ketgan. Kasalik yana 24 ta davlatda, jumladan, Rossiyada ham kuzatilgan: Tyumen viloyati va Baykalortida virusga chalinish bo‘yicha 2 ta holat qayd etilgan.