Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan 84 nafar O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga olib kelingani xabar berilgan edi. Kazinform’ning Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, ular orasida 5 nafar Qozog‘iston fuqarosi ham bor.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

“Qozog‘iston tomonining iltimosiga ko‘ra, bugun tunda Xitoyning Uxan shahridan Rossiya va O‘zbekistonning maxsus bortlarida 8 nafar Qozog‘iston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Besh nafar fuqaro Toshkent shahrida ikki hafta davomida shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi, qolgan uchalasi Tyumen shahrida bo‘lishadi”, — deyiladi xabarda.

TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, evakuatsiya qilinganlar orasida harorati ko‘tarilishi bois XXR epidemiologik xizmatlari tomonidan chiqarilmay kelgan Yanszi universiteti 1-kurs talabasi ham bor.

“Samolyotga chiqish oldidan Qozog‘iston fuqarolari qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, hech kimda isitma yoki koronavirus simptomlari aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha dastlabki charter reys 4-fevral, seshanba kuni, soat 17:20 da Pekin—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 251 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib kelgan edi. Ularda koronavirus aniqlanmagani aytildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi