Ayni paytda rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 2-fevral kuni Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashdi. Bu haqda Pompeo Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekistonda diniy rahbarlar bilan islohotlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida suhbatlashdik. Hukumat tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi va O‘zbekistonning keyingi muvaffaqiyatlarini sabrsizlik bilan kutaman”, — deb yozdi Pompeo.
https://twitter.com/SecPompeo/status/1224202139100155905
AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Izoh (0)