Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Internetda fuqarolik kiyimi hamda ichki ishlar organlari formasi kiyimidagi odamlar jismoniy mashqlar qilayotgani — majlis tanaffusida badantarbiya bilan shug‘ullanayotgani aks etgan video tarqaldi. IIBB matbuot xizmati bu holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtda 3 kun davomida o‘tgan ushbu majlisda, aniqrog‘i, o‘quv seminarda Toshkent shahri, Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari bo‘linmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, hokimlikning yoshlar masalalari bo‘yicha vakillari, shuningdek, Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘limlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etgan.

Ajratilgan qisqa vaqt ichida ishtirokchilar yosh yigit va qizlar uchun dolzarb bo‘lgan ko‘plab masalalarni ko‘rib chiqishi lozim bo‘lgan.

Seminar tanaffus vaqtlarida esa ishtirokchilar badantarbiya bilan shug‘ullanib, ofislarda kompyuter qarshisida o‘tirib ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan oson jismoniy mashqlarni bajargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chirchiqdagi mehmonxonada yigit va qiz vafot etdi
Dunyo
Norvegiyalik olimlar Kaxovka GES hududida portlash sodir bo‘lganini ko‘rsatuvchi seysmik signallarni tutdi
Mahalliy
Jizzaxda sevgan qizining yalang‘och suratlarini Telegram’da tarqatmaslik uchun 800 dollar so‘ragan yigit ushlandi